Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


-rasm. Nutq apparati. Yumshoq tanglay yuqori tomon siljigan



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə34/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

5-rasm. Nutq apparati. Yumshoq tanglay yuqori tomon siljigan:
Faol a’zolar: 1- lablar; 2 – tilning old qismi; 3 – tilning o`rta qismi; 4 – tilning orqa qismi; 5 – til o`zagi; 6 – kichik til; 7 – yumshoq tanglay; 8 – halqumning orqa qismi.
Nofaol a’zolar: 9- old tomondagi yuqori tishlarning uchi; 10 - old tomondagi yuqori tishlarning orqa qismi; 11-12 – qattiq tanglayning old qismi; 13 – tanglayning o`rta qismi; 14 – yumshoq tanglayning old qismi; 15 - yumshoq tanglayning orqa qismi;

6-rasm. Nutq apparati. Yumshoq tanglay quyi tomon siljigan:


I – og`iz bo`shlig`i; II – halqum; III – burun bo`shlig`i; IV – bo`g`iz.



Fonetik akustika

Endi nutq tovushlarining fizik-akustik tomonlari bilan tanishamiz. Bunda fonetikaning fizika fani bo`limlaridan biri bo`lmish akustika bilan aloqadorligi namoyon bo`ladi va natijada fonetikada fonetik akustika degan bo`lim borligi aniqlanadi.


Fonetik akustika nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan sohadir. Akustik jihatdan har qanday tovush havo oqimining tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari esa o`pkadan kelayotgan havo oqimining un paychalari tebranishidan hosil bo`ladigan ovoz va nutq a’zolarida hosil bo`ladigan shovqinning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari akustikasida ko`yidagilar farqlanadi:
1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko`ra har xil chiqishidir: un paychalari ko`p tebransa, tovush baland bo`ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi.
2. Nutq tovushlarining kuchi ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o`tadigan energiya miqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H.Jamolxonov shunday yozadi: “Tovushning kuchi (intensivligi) - 1 sm2 maydondan 1 sekundda o`tadigan energiya miqdoridir”26 Demak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari tebranishi kengligiga bog`liq: tebranish kengligi katta bo`lsa, tovush kuchli chiqadi, bu kenglik kichik bo`lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi.
3. Nutq tovushlarining tembri (sifati) – asosiy ton bilan hosil bo`ladi. Tovushlarning tembri og`iz bo`shlig`i va burun bo`shlig`ining hajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo`lishiga bog`liq.
4. Tovushning cho`ziqlik darajasi un paychalarining tebranishi davom etgan vaqt bilan o`lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho`ziq; tebranish qisqa davom etsa tovush qisqa bo`ladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin