Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


-modda: Tеlеvidеniyе va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdеk, boshqa tillarda olib boriladi. 17-modda



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə20/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

16-modda: Tеlеvidеniyе va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdеk, boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda: Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.
18-modda: Pochta-tеlеgraf jo`natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko`ra boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda: Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg`alari, ish qog`ozlarining matnlari davlat tilida bo`ladi.
O`zbеkiston Rеspublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo`shma korxonalarning, shuningdеk, milliy, madaniy jamiyatlar va markazlarning muhrlari, tamg`alari, ish qog`ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
20-modda: Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko`rgazmali hamda og`zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi bеrilishi mumkin.
21-modda: Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo`riqnomalar, etikеtkalar bilan ta’minlanadi.
22-modda: Rеspublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko`chalar va gеografik obyеktlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi.
23-modda: O`zbеkiston Rеspublikasi xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o`zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24-modda: O`zbеkiston Rеspublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mеnsimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o`zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to`sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.


Tilning tuzilishi va tizim sifatidagi xususiyatlari


Tilning tuzilishi. Yer yuzidagi har qanday til tuzilish jihatidan quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`ladi:
1. Tovushlar tizimi.
2. Lug`at tarkibi.
3. Grammatik qurilishi.
Dastlab til og`zaki shaklda paydo bo`lgan va bu tilning asosini nutq tovushlari tashkil etgan. Har qanday tilda muayyan miqdordagi nutq tovushlari mavjud bo`lib, bu shu tilning tovush tizimini tashkil etadi. Shu tovushlarning turlicha birikishi orqali so`zlar hosil bo`ladi. Masalan, hozirgi o`zbek tilida 30 ta nutq tovushi bor. Shulardan a, d, m, o tovushlarining turlicha joylashtirilishi natijasida odam, omad, moda kabi so`zlarni hosil qilish mumkin.
Har qanday tilda mavjud bo`lgan so`zlar yig`indisi shu tilning lug`at tarkibi (ayrim darsliklarda leksika) deb yuritiliadi. Lug`at tarkibi bir tilni boshqa tildan farqlantiradi. Leksika muayyan til paydo bo`lgan paytdan boshlab shu tilning egasi bo`lmish xalq tomonidan boyitib borilishi lozim, aks holda bu til iste’moldan chiqib, o`lik tilga aylanadi.
Lug`at tarkibidagi so`zlar tarixiy jihatdan aynan shu tilga tegishli bo`lmasligi mumkin, lekin bu so`zlar shu tilda so`zlashuvchi odamlar uchun o`zaro muloqot vositasi bo`lib kela olsa, ular mazkur tilning lug`at tarkibiga mansub bo`ladi. Masalan, kitob, maktab, a’lo so`zlari aslan arabcha bo`lib, o`zbek tiliga taxminan VII-VIII asrlarda kirib kelgan. Hozirgi paytda bu so`zlar o`zbek millatiga mansub barcha odamlar uchun tushunarli va ular shu insonlar tomonidan o`zbekcha so`zlar sifatida qabul qilinadi. Hatto bu so`zlar asosida kitobxon, maktabdosh, a’lochi kabi yangi so`zlar ham yasalgan.
Tovushlar tizimi va leksikaning mavjudligi tilning muloqot vositasi darajasiga ko`tarilishi uchun yetarli emas. Buning uchun so`zlar o`zaro birikib so`z birikmasi va gaplar hosil qilinishi lozim. Buni esa tilning grammatik qurilishi belgilaydi. Demak, muayyan tilga mansub bo`lgan so`z, so`z birikmasi va gaplarning qurilishi shu tilning grammatik qurilishi deb yuritiladi. ”Bizning fakultetimizda talabalar ko`p to`garaklarga qatnashadilar” gapini olib ko`raylik. Avvalo, so`zlarning qurilishini tekshiramiz: Biz-ning fakultet-imiz-da talaba-lar ko`p to`garak-lar-ga qatnash-a-di-lar”. Ko`rinyaptiki, ko`p so`zidan boshqa barcha so`zlar turli ma’noli qismlarga ajraladi. Endi so`z birikmalarining qurilishini tekshiramiz: Bizning fakultetimizda, fakultetimizda qatnashadilar, ko`p to`garaklarga, to`garaklarga qatnashadilar. Va, nihoyat, gap qurilishini tekshiramiz: ”Bizning (aniqlovchi) fakultetimizda (hol) talabalar (ega) ko`p (aniqlovchi) to`garaklarga (hol) qatnashadilar (kesim). Demak, tildagi har bir birlik o`zining ichki qurilish qonuniyatlariga asosan tarkib topadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin