Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə21/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

Til tizim sifatida. Bu masalaga to`xtalishdan oldin ”tizim” tushunchasi izohlanishi kerak. Manbalarda bu tushunchaga quyidagicha ta’rif berilgan: ” Tizim - 3. O`zaro bog`liq va uzviy tartibda bo`lgan narsa, hodisalar birligi, majmui”11. Yana: ”Sistema (yun.), o`zaro munosabat va aloqada bo`lgan, muayyan yaxlitlik, birlik hosil qiluvchi juda ko`p elementlar”12. Demak, tizimning asosiy belgilari, birinchidan, juda ko`p qismlardan iborat bo`lishi kerak, ikkinchidan, bu qismlar o`zaro munosabatda, aloqada bo`lishi lozim.
Tizimga misol keltirish uchun gapni uzoqdan boshlashga to`g`ri keladi. Astronomiyadan ma’lumki, Yer sayyorasi Quyosh tizimiga kiruvchi 9 ta sayyoraning biridir. O`z navbatida, Quyosh tizimi ham kamida xuddi shunga o`xshagan 100 mlrd. yulduzni o`z ichiga olgan Galaktika (bizda uni Somon yo`li deyishadi)13 tizimi tarkibiga kiradi. Bizning galaktika esa galaktikalar tizimiga mansubdir.
Endi ulkan tizimlardan nisbatan kichik tizimlarga, ya’ni Yer sayyorasiga qaytamiz. Yer yuzida yashovchi aholi 5600 dan ortiq tilda so`zlashadi. Yuqorida aytilganidek, til ijtimoiy hodisalar tizimiga mansub bo`lib, bu tizimga yana adabiyot, san’at, madaniyat kabi bir qancha ijtimoiy hodisalar kiradi. Til ham o`z navbatida tizim sifatida o`zaro bog`langan va munosabatda bo`ladigan tovushlar tizimi, lug`at tarkibi va grammatik qurilishi kabi qismlardan iborat (yuqorida bularning har biriga ta’rif berildi). Bu o`rinda biz bu qismlarning o`zaro aloqasi va munosabatini ochishga harakat qilamiz. Yakka olingan nutq tovushi so`z sifatida shakllanmasa yoki so`z tarkibiga kirmasa, u oddiy fiziologik hodisa sifatida qolaveradi. Boshqacha aytganda, nutq tovushi ijtimoiy ahamiyat kasb qilishi lozim. Masalan, u tovushi so`zlashuvchi insonlar uchun ”o`zga shaxs” ma’nosini ifodalovchi so`zga aylanmasa, oddiy tovushligicha qolaveradi. O`z navbatida u so`zi gap ichida ishtirok etib, ma’lum vazifa bajarmasa, oddiy so`zligicha qolaveradi. Mazkur so`z ishtirok etgan gap esa ”gap” deb ataluvchi tizim tarkibiga kiradi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin