Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə89/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

b) ilmiy atamalar ma’lum fan-texnika sohasiga mansub tushunchalarni ifodalaydigan atamalardir. Bunday atamalar tabiiy fanlar, texnika fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, matematik fanlarning barchasida mavjuddir. Masalan:
- kimyo: oksid, sulfat, reaksiya, valentlik, kislorod, vodorod va h.
- matematika: sinus, kosinus, ayniyat, romb, parallelogram, teorema, aksioma va h.
- mantiq: predikat, subyekt, obyekt, hukm, tushuncha va h.
- kibernetika (yoki komputer texnologiyasi): EHM, axborot, fayl, disk, internet va h.
2) kelib chiqishiga ko`ra:
a) umumxalq leksikasidan olingan terminlar. Bunda tilning o`zida mavjud bo`lgan so`zlar termin sifatida maydonga chiqadi. Masalan, tilshunoslikka oid ot, sifat, son, fe’l, ravish, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, gap, so`z kabi, me’morchilikka oid pardoz, davra, namoyon, o`ymakor, taqsim kabi68, temirchilikka oid pesh, tana, yelka, charxdor, dam kabi69 atamalar bunga misol bo`la oladi.
b) chet tillardan olingan terminlar. Bunda tilimizga hozirgi paytda aloqa vositasi hisoblangan chet tillardan olingan atamalar nazarda tutiladi. Masalan, yadro fizikasiga oid activator, barion, diproton, kvant;70 botanikaga oid azaliya, valeriana, gortenziya, magnoliya;71 logopediya faniga oid anamnez, giperkinez, distoniya, patogenez kabi72, zargarlik kasbiga oid parma, bargak, peshxalta, dahanda kabi73 atamalar shunga misol bo`la oladi. .


4. Vulgarizm va varvarizmlar

Tilda so`kish, qarg`ash ma’nolarini ifodalaydigan so`zlar vulgarizmlar (lot. vulgaris “qo`pol” degani)74 deb ataladi. Masalan: haromi, qiztaloq, yеr yutkur, oqpadar va b. Vulgarizmlarni ham qo`llanish doirasi chegaralangan leksikaga kiritsa bo`ladi, chunki bu guruh so`zlar ham har doim ishlatilavermaydi. Bunday so`zlar badiiy asarlarda qahramonlarning xarakterini chuqurroq ochish uchun xizmat qiladi.


Varvarizmlar (yunoncha barbarismos – “tushunarsiz nutq” degani)75 biror tilda tarjimasi bo`la turib, o`rinsiz tarzda ishlatiladigan so`zlar guruhidir. Masalan: znachit (demak), tak (demak), ostanovka (bekat), svet (chiroq) kabi ruscha so`zlar; yes (ha), vau (qoyil) kabi inglizcha so`zlar shunga misol bo`la oladi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin