Nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti



Yüklə 410,27 Kb.
səhifə13/15
tarix22.03.2023
ölçüsü410,27 Kb.
#124250
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
KURS ISHI (namuna)

Tadbir maqsadi – o’quvchilarni o’zlari istiqomat qilayotgan hududda joylashgan suv havzalari va ularning holati bilan yaqindan tanishtirish.
Mazkur tadbirni o’tkazish jarayonida quyidagi pedagogik vazifalar hal etiladi:

  1. O’quvchilarni o’zlari yashab turgan hududdan oqib o’tadigan suv havzalari bilan yaqindan tanishtirish.

  2. Mazkur suv havzalarining qishloq xo’jaligi va sanoat sohalari, shuningdek, maishiy turmushdagi ahamiyatini o’rganish.

  3. Suv havzalarining sanitariya holatini tahlil qilish.

  4. Suv sifatini (oddiy usullar yordamida) aniqlash.

  5. Suv havzalarining sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy faoliyatni tashkil etish.

Ekologik ekskursiya uchun tanlangan ob’ektlar: mazkur tadbir o’tkazilayotgan ta’lim muassasasi joylashgan hududlarda joylashgan suv havzalari.
Suv-hayot manbai” nomli ekologik ekskursiyaning davomiyligi: 1 hafta.
Dastlabki ikki kunda o’rganilayotgan hududdan oqib o’tadigan suv havzalari, ularning joylashuv o’rni, holati o’rganiladi, keyingi ikki kunda mazkur suv havzalarining sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan olib boriladigan amaliy faoliyat rejasi tuziladi va faoliyat bevosita amalga oshiriladi.
Navbatdagi ikki kunda “Mening shahrim (qishlog’im)da joylashgan suv havzalari” nomli ekologik karta hamda “Siz uchun tanish, biroq mohiyati anglanmagan manzara” nomli stend tayyorlanadi. Ekologik karta va stendlarda o’quvchilar yashaydigan hududdan oqib o’tadigan suv havzalarining mavjud holati, mazkur suv havzalarining ifloslanishiga sabab bo’layotgan omillar xususidagi lavhalar, dalillarning ifoda etilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Ekologik ekskursiyaning yettinchi kunida “Suv zahiralari - milliy boyligimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etiladi. Davra suhbatida o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadbir yakunida ishtirokchilar diqqatiga o’quvchilar tomonidan tayyorlangan ekologik karta va stend havola qilinadi. Tadbir yakunida yakuniy xulosaga kelinadi va suv havzalarining sanitariya holati ustidan nazoratni tashkil etish borasidagi ishchi reja ishlab chiqiladi va u mahallalarning Fuqarolar Kengashiga taqdim etiladi.
Tomchida hayot aksi” ijodiy ishlar ko’rik-tanlovi
“Tomchida hayot aksi” ijodiy ishlar ko’rik-tanlovining maqsadi – o’quvchilarni tabiat bilan yaqindan munosabatda bo’lishlarini ta’minlash orqali ularda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat uyg’otish.
Quyidagi pedagogik vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilganligi tadbir samaradorligining ta’minlanishida asos bo’lib xizmat qildi:

  1. Ijodiy ishlar yo’nalishi (nasr, nazm, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, naqqoshlik, referat va hokazolar)ning turlicha bo’lishi.

  2. O’quvchilarning mustaqil mavzu va yo’nalishni belgilashdagi erkinlik va mustaqilliklarining ta’minlanganligi.

  3. O’quvchilarning suv va uning ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyati to’g’risidagi tasavvurlarini to’laqonli bayon etishlari uchun shart-sharoitning yaratilganligi.

O’quvchilar tomonidan bajarilgan ijodiy ishlar muayyan yo’nalishlar bo’yicha maxsus hay’at tomonidan baholanadi. Hay’at tarkibiga musiqashunos, adabiyotshunos, ekolog, rassom va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar jalb etiladi. Tadbir jarayonida ijodiy ishlar g’oyaviy, badiiy hamda estetik talqiniga ko’ra munosib taqdirlanadi.
Tadbirning tashkil etilishi, o’tkazilishi va yakunlari xususidagi muhokama jarayonida har bir bola tomonidan qat’iy amal qilinishi lozim bo’lgan qoidalar majmui ishlab chiqiladi. Ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  1. Ichimlik suvi miqdorining keskin kamayib borayotganligini doimo yodda tuting!

  2. O’z ehtiyojingizdan ortiqcha suvning sarf bo’lishiga yo’l qo’ymang.

  3. Jo’mragi ochiq qolgan suv qurilmasining jo’mragini yopib qo’ying.

  4. Tishingizni yuvayotgan vaqtingizda suv qurilmasidan uzluksiz ravishda suvning oqib turishiga yo’l qo’ymang. Tishni yuvishda stakanga suv quyib oling va undan foydalaning. Tishni tozalash jarayonida mazkur usulning qulayligini o’zingiz ham his etasiz.

  5. Nosozligi ma’lum bo’lgan suv inshootlari to’g’risida mas’ul idoralarga xabar bering.

  6. Ochiq suv havzalari (ariq, zovur, kanal, ko’l, soy va daryolar)dan to’g’ridan to’g’ri suv ichmang.

  7. Suvni qaynatilgandan so’ng iste’mol qiling!

  8. Suv havzalari ifloslanishining oldini oling! Suvga turli chiqindi hamda axlatlarni tashlamang.

  9. Suv havzasiga yaqin joyda transport vositalari (traktor, avtomashina hamda velosiped)ni yuvmang.

  10. Suvga mag’zavani to’kmang!

  11. Shahar sharoitida ichimlik suvi bilan ekin va ko’chatlarning sug’orilishining oldini oling. Bu maqsadda ikkilamchi suv manbalari (idishlarga yig’ilgan yomg’ir suvi)dan foydalanish mumkinligini unutmang.

  12. Ichimlik suvining maxsus idishlarda usti yopiq holda saqlanishiga e’tibor bering!

  13. Suvni ifloslantirayotgan tengdoshingizni bu harakatlardan to’xtating!

  14. Yoshi kichik o’quvchilarga suvni ifloslantirmaslik zarurligini tushuntiring.

Yüklə 410,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin