Suv bug'ining termodinamik jarayonlari



Yüklə 40,85 Kb.
səhifə1/7
tarix03.06.2022
ölçüsü40,85 Kb.
#116586
  1   2   3   4   5   6   7
Suv bug\'i va uni tayyorlashdagi termodinamika jarayonlari.


Suv bug'i va uni tayyorlashdagi termodinamika jarayonlari.


Reja:




  1. Suv bug'ining termodinamik jarayonlari

  2. To’yingan bug’ xossalari.

  3. Suv bug’ining asosiy jarayonlari.


Suv bug'ining termodinamik jarayonlari
Suv va uning bug'ida sodir bo'ladigan termodinamik jarayonlarga izojarayonlardan izoxorik, izobarik, izotermik, adiabatik jarayonlar mansubdir. Bu jarayonlar suv bug'i ish moddasi sifatida qo'llaniladigan bug'-kuch qurilmalari siklida sodir bo'ladi.
Izoxorik jarayon. O'zgarmas hajmda (V=const) joylashgan suv bug'iga issiqlik miqdori uzatib, uni to'yingan quruq va o'ta qizdirilgan bug'ga aylantirish murnkin. Ish bajarib bo'lgan har qanday temperaturadagi bug'ni sovitganimizda kondensatsiyalanish davrida suyuq faza miqdori ortib borsada, lekin bug’ 100% suyuqlikka aylanmaydi. Suyuqlik ustida ma'lum miqdorda kondensatsiyalanmagan bug' qoladi. Shuning uchun izoxorik jarayonning RV diagrammasi koordinata boshi noldan boshlanmaydi (2-rasm, 1 va 2 nuqtalar oralig'i). Har qanday past bosimda ham suyuqlik ustida muayyan miqdordagi to'yingan bug' bo'ladi.
Termodinamikaning birinchi qonuniga muvoflq V-const boiganda suv bug'i ish bajarmaydi, ya'ni A=0. Bug'ga uzatilgan issiqlik miqdori uning ichki energiyasining ortishiga sarf bo'ladi: (3)
Suv bug'ining TS diagrammasidan ko'rinib turibdiki, bug'ga uzatilgan issiqlik miqdori a 12b nuqtalar bilan chegaralangan yuzaga son qiymati jihatidan teng. Suv bug'ining V=const bo'lgan jarayondagi P, T parametrlari o'zgarganda, uning entropiyasi va entalpiyasi o'zgaruvchan bo'ladi (2-rasm, iS diagramma).
Izobarik jarayon. O'zgarmas bosim ostidagi bug'ga issiqlik kiritilsa, uning parametrlaridan V, ro'zgarishi hisobiga bug' foydali ish bajaradi.
Bug'ga keltirilgan issiqlik miqdori va bajarilgan mh a nuqtalari hosil qilgan yuzaga son qiymati jihatidan teng bo'ladi (3-rasm, a, b). q issiqlik miqdori foydali ishga sarf bo'libgina qolmasdan, yanа bug'ning ichki energiyasili orttiradi. Bug'ga keltirilgan issiqlik miqdori kengayish jarayonidagi bug' entalpiyasi ayirmasiga teng: (4)
(4) ifodani 1-2 nuqtalardagi (3-rasm, b) entalpiya va ish ayirmalarining ayirmasi ko'rinishida (3) yoziladi. Unda, bug'ga keltirilgan issiqlik miqdori bug'ning bajargan ishiga teng boiadi, ya'ni
(5)

Yüklə 40,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin