Suv bug\'i va uni tayyorlashdagi termodinamika jarayonlari.
Binar siklli bug' kuch qurilmasi Ish jismi sifatida ikkita mutlaqo bir-biriga aralashmaydigan moddadan foydalaniladigan va mustaqil sikllarga ega bo 'Igan issiqlik-kuch qurilmasi binar (lot. binarus-qo'sh) siklli kuch qurilmasi deyiladi. Bunga simob-suv binar kuch qurilmasi misol bo'la oladi (8-rasm, a). Qurilmaning birlamchi berk konturida ish jismi sifatida simob olingan, maxsus konstruksiyadagi qozon, turbina va kondensator qo'llanilgan.
Simob zaharli modda,uning kritik nuqtasining temperaturasi T=1673,16 K, shu nuqtadagi bosim P=980 • 105 Pa. Issiqlik almashtirgichda (kondensator) simob yuqori temperaturada ham to'yinish holatiga (T=498,36 K) o'ta oladi. Suv bunday xossaga T= 306,04 K da o'tadi. Suv bug'ining qaytadan qizdirish temperaturasi T= 873,16 K, bunday yuqori temperaturalargacha qizdirishga o'tga chidamli materiallar ham bardosh bera olmaydi. Oqibatda, suv bug'ining yuqori temperaturalaridan foydalanib bo'lmaydi. Bu kamchilikni yo'qotish maqsadida binar siklli kuch qurilmalaridan foydalaniladi. Sxemadan ko'rinadiki (8-rasm, a), issiqlik birlamchi berk konturdan (ish jismi — simob) ikkilamchi-siga (ish jismi — suv bug'i) maxsus qurilma — simob kondensatorida regenerativ issiqlik almashinuvi orqali keltiriladi. Bunda simob kondensatori to'yingan suv bug'ining qozoni vazifasini bajaradi. To'yingan suv bug'i simobli kondensatorda hosil boigandan so'ng, yana qo'shimcha simobli turbina konturidagi qozon qurilmasining bug' qizdirgichida qizdirilib, bosimi va temperaturasi ish bajaradigan qiymatlargacha yetkaziladi, keyin ikkinchi berk konturdagi bug' turbinasiga uzatiladi. Turbinada, bug' kengayib ish bajarish jarayonida, issiqlik almashinuvi hisobiga suyuqlikka aylanadi. Hosil bo'lgan suv, ya'ni kondensat, suv nasosi yordamida simobli kondensatorga haydaladi. Unda, bugianib bo'lgandan so'ng bug' qizdirgich orqali bug' turbinasiga uzatiladi. Sikl takrorlanadi.
Binar siklli kuch qurilmasning TS diagrammasi (7.4-rasm, b) dan ko'rinadiki, birinchi berk konturning bajargan ishi nuqtalar hosil qilgan yuzaga son qiymati jihatidan teng. Simobning termodinamik parametrlari suv bug'inikiga nisbatan yuqori, masalan, nuqta 3 ning absolut temperaturasi 3' nuqtanikidan katta, ya'ni T3> Ty bo'ladi. Siklda simob bug'i T1 — T2 temperaturalar, suv bug'i esa 1'—2’ nuqtalar oralig'ida ish bajaradi. Xuddi shun-day 1 kg suv bug'ining bajargan ishi son qiymati jihatidan 3’4’5’1’2’ nuqtalar hosil qilgan yuzaga teng. Masalan, Karno sikli nuqtayi nazaridan qaralsa, simob bug'i shu temperaturalar o'zga-rishida bajarilgan ish son qiymati jihatidan 3, 4, 1, nuqtalar hosil qilgan to'rtburchak yuzaga teng bo'lar ekan. Renkin sikli-ning Karno sikliga yaqinlashuvini bilish uchun goho shu sikllarda bajarilgan ishlarning nisbatlari aniqlanadi. Bu nisbatlarni siklning