Bug' kuch qurihnasining nazariy sikli
Bug' kuch qurilmalari qozon agregati, bug' turbinasi, kon-densator, nasos, elektr generatori va boshqa yordamchi uskuna-lardan tashkil topgan. Qozon agregati, o'z navbatida o'choq, bug'latkich sirtlari, bug' qizdirgichlar (o'ta qizdirgich), ekono-mayzer, havo isitkich, mo'ri, turli xil ventilyatorlar va yordamchi uskunalardan tashkil topgan (6-rasm, a).
Bug' kuch qurilmalarida ishlatiladigan ish jismi-suv bugli parametrlarining o'zgarishidagi ideal holatlarni o'rganadigan nazariy sikl Renkin sikli deb yuritiladi.
Nazariy siklning sxematik tasviri va jarayonning PV diagrammasi 6-rasm a, b da keltirilgan.
Renkin sikli quyidagicha kechadi: qozon agregati 1 dan yuqori bosim va temperaturali qizdirilgan suv bug'i bug' turbinasi 2 ga uzatiladi.Bug' tashqaridan ortiqcha issiqlik miqdorini olmasdan bug' turbinasida kengayish jarayonida foydali ish bajaradi (6-rasm, b PV diagrammadagi 1 va 2 nuqtalar oralig'i). Turbinada ish bajarib bo'lgan suv bug'i o'zidagi qoldiq issiqlik energiyasini kondensator 3 dan 2 va 3 nuqtalar oralig'ida) sovitkichga uzatadi. Bug'ning ichki energiyasi kamayishi hisobiga u konden-satsiyalanib, suvga aylanadi.
Tashqi kuch (elektr energiyasi) ta'sirida nasos 4 ishga tushadi va kondensat (hosil bo'lgan suv) qozon agregatiga uzatiladi. Nasosning haydash kanalidagi bosimi uning so'rish qisminikidan katta bo'lgani uchun diagrammada J va 4 nuqtalar oralig'ida bosim ortadi, hajm esa o'zgarmas bo'ladi.
Suv bug'i ish bajarib bo'lgandan so'ng (1-2 nuqtalar oralig'ida), o'zidagi qoldiq issiqlik energiyasini sovitkichga chiqarib (2 va 3 nuqtalar oralig'i), izobarik jarayon orqali o'zining muvozanat holatiga qaytadi.
Real qurilmalarda, nasosdan o'tgan suv albatta ekonomayzer (a) dan o'tib, so'ngra qozon agregatiga quyiladi. Qozon agregati o'txonalarida yoqilgan yoqilg'ining yonish mahsuloti tashqariga olib chiqib ketayotgan, foydalanilmagan qoldiq issiqlik miqdoridan samarali foydalanish maqsadida, tutun yo'llariga ekonomayzer o'rnatiladi. Tutun o'zidagi qoldiq issiqlikni ekonomayzer orqali o'tayotgan kondensatga beradi va shu qoldiq issiqlik (tutundagi) yana qozon agregatiga qaytariladi. Shunda suv qoldiq issiqlik hisobiga o'z hajmini va temperaturasini o'zgarmas bosim ostida o'zgartiradi (6-rasm, v, g; 4va 5 nuqtalar oralig'i).
Qozon agregatining o'txonasida yongan yoqilg'i ajratgan issiqlik miqdori qozonga qo'yilgan suvga beriladi. Bu suv awal qozongacha ekonomayzer orqali o'tish jarayonida ma'lum darajada isiydi (6- rasm, v, g; 4—5 nuqtalar oralig'i). Asosiy issiqlik miqdori bug' generatoriga (5—6 nuqtalar oralig'i) kiritiladi va suv o'zining agregat holatini tezda o'zgartiradi, ya'ni bugianadi. Suvning bug'-lanishi o'zgarmas bosim ostida kechadi, yutilgan q issiqlik hisobi-ga bug' o'z hajmini orttiradi. Bu qizdirilgan bug'ning parametrlarini ish bajaradigan darajagacha yetkazish uchun qo'shimcha issiqlik miqdori qozon agregatining bug' qizdirgich qismi (c) ga kiritiladi (diagrammadagi 6—1 nuqtalar oralig'i). Bunda bug'ning temperaturasi, entalpiyasi va entropiyasi o'zgaradi. Natijada qizi-gan bug' o'ta qizdirilgan bug' holatiga o'tadi (6-rasm, b, v, g; 6—1 nuqtalar oralig'i). Sikl qaytadan takrorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |