Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


Rahbar va jamoa o’rtasidagi psixologik munosabatlar



Yüklə 86,57 Kb.
səhifə7/8
tarix30.05.2022
ölçüsü86,57 Kb.
#116391
1   2   3   4   5   6   7   8
Durdona Hamroqulova Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida direktorning ma’naviy-axloqiy fazilatlari

2.2.Rahbar va jamoa o’rtasidagi psixologik munosabatlar
Mustaqillik sharoitida biz o’zlashtirishimiz zarur bo’lgan so’alardan biri raxbar psixologiyasidir. Chunki o’zbek xalqi o’zining mustaqil davlatini yaratdi. Bu davlat istiq
lolning dastlabki yillaridayoq; jahon sahnasiga chiqib o’z mavqyeini mustahkamlamoqda.O’zbekistonda raxbar psixologiyasi va jamoa o’rtasidagi psixologik
munosabatlar asta endigina ayrim kitoblar, to’plamlar, risolalar va maqolalar yozilmoqda.
Bularni yetarli deb bulmaydi, albatta. Psixologiya fani tarixi va faoliyati tamoyillarini ishlab chiqarishdagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri bizning ongimizda muammolarni o’rtaga tashlashdagi juratsizlik, o’ta ehtiyotkorlik va hadiksirashdir. Holbuki, psixologiya hayotning o’zidir va uni keng tushunchalar orqali inson ongida aks ettiradi. Boshqa fanlar, jumladan, biologiya, tarix, geografiya, tilshunoslik, kimyo va boshqalar, ijtimoiy boylikning ma'lum jihatlari, xossa va xususiyatlari, tamoyil va qonunlarini o’rgansa, psixologiya borliq, tabiat, jamiyat, inson va ongning qonunlari va xususiyatlarini butunligicha o’rganish imkonini beradi. Raxbar psixologiyasini o’rganishda ham ijtimoiy psixologiya ana shu umumtamoyillar nuqtai
nazaridan qaraydi, o’rganadi.
O’zbekiston ham tashqi, ham ichki siyosatda davlatni boshqarishni sifat bosqichlari bilan kutib oldi. Ya'ni ma'muriy boshqaruv tizimini takomillashtirish, erkin fuqarolik jamiyati
asoslarini shakllantirish bilan bog’liq rahbarlikning demokratik jarayonlari kontsepsiyasi
ishlab chiqildi.
Bugungi kunda butun yer yuzida terrorizm va ekstremizmning shidat bilan faollashuvi Respublikamizdagi muassasa va tashkilot rahbarlari zimmasiga har qachongidan ko’ra muhimroq mas'uliyat yuklamoqda. Terrorchilar turli mamlakatlar va mintaqalarni nishonga olmoqdalar. Bunda zamonaviy texnika vositalarini qo’llab yechimi topilmagan har qanday nizolardan uz manfaatlari yo’lida razilona foydalanmoqdalar. Ana shunday global terrorizm taqdidiga qarshi rahbarlarimiz tadbirkorlik va shijoat bilan xizmat qilishlari lozim. Bunday vazifani bajarish uchun raxbar insonning ichki olamini,qonunlarini yaxshi o’rganib, o’zi raxbarlik silayotgan jamoani boshqara olishiga o’zida kuch quvvat topa olish lozim.
Demak, raxbar psixologiyasining markazida doimo insonlar va ularning ichki ruhiyati turishi zarur. Bunda esa rahbarning psixologik jur'ati katta rol
o’ynaydi. Shunday qilib, rahbarning maorati o’zuli ostida faoliyat ko’rsatuvchilarga
yaxshiroq ishlash va yashash istagini bera olishdan iboratdir. Boshqarish eng avvalo kishilar bilan ishlashdir.
Har qanday tashkilotdagi asosiy og‘irlikni о‘ziga oluvchi о‘rta bо‘g‘in rahbarlarida esa maxsus qobiliyat kо‘proq rivojlangan bо‘lishi lozim. Ular ishga diqqat-e’tiborli, mas’uliyatli, katta hajmdagi miqdoriy va sifat ma’lumotlarini tahlil etish qobiliyatiga ega shaxslardir.
Turli lavozimdagi rahbarlar faoliyati mazmunining tadqiqoti shuni kо‘rsatadiki, sex boshliqlari ijtimoiy-maishiy muammolarni hal etishda 70% о‘z vaqtini ajratadilar, ijtimoiy-siyosiy tadbirlar uchun esa 23%, qolgan 7% vaqtini esa shaxsiy qiziqishlari uchun sarflashlari aniqlandi. Xalq ta’limi rahbarlari ishlab chiqarish rahbarlariga qaraganda kо‘proq vaqtini ijtimoiy-siyosiy faoliyat turiga sarflaydilar. Darhaqiqat, xalq ta’limi tizimi rahbarlari tub ma’noda о‘zlarini siyosiy arbob sifatida tasavvur qiladilar. Shuningdek, о‘quv jarayoni, tashkiliy-ma’muriy faoliyat turlari ham ularda muhim о‘rin egallaydi. Faoliyatning boshqa turlari ularning ish kunining arzimagan qismini tashkil etadi, xolos.
Tajribalar davomida uch tipga xos rahbarlar uchradi va ularning psixologik tavsifi dalillab berildi. Kuzatishlarimiz natijasining kо‘rsatishicha, rahbarlikning eng samarador tipi demokratik uslub hisoblanar ekan. Bunda boshqaruvchining rahbarlik funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshirishi, guruh a’zolari bilan hamnafas ishlashi, ularning fikrini eshitishi va kо‘pchilikka suyanib qarorlar qabul qilishi tadqiqotda ishtirok etgan xodimlar tomonidan qо‘llab-quvvatlanishi isbotlandi. Chunki bunday rahbarlik uslubi bо‘ysunuvchilarning shaxsiy faoliyatini rivojlantiradi, jamoada о‘rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.
Tadqiqot natijalarida ishchi-xodimlar tomonidan rahbarlikning avtoritar uslubi kо‘pham yoqtirilmasligi aiqlandi. Ularning izohlashlaricha, avtoritar rahbarning о‘z irodasiga boshqalarni bо‘ysundirishga harakat qilishi, mas’uliyatli qarorlarni faqat о‘zi qabul qilishi, nazoratini ham о‘zi qilishi bо‘ysunuvchilarga biroz yoqmaydi. Avtoritar rahbarlarning buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag‘batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmasligi uni jamoadan о‘zini uzoq tutadi, jamoa a’zolarini bevosita muloqotda bо‘lishini chegaralab qо‘yadi.
Tadqiqotchilar liberal rahbarlik uslub haqida ham о‘z fikrlarini bildirib, bunday rahbar boshqaruvidagi jamoada ishlash har doim ham yoqimli ekanligini ta’kidlaganlar.
Har qanday rahbar uchun universal, kerak bо‘lgan hislatlardan yana biri tom ma’noda ''ziyoli" bо‘lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bо‘lishdir. Boshliq о‘zidagi madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan bо‘ladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog‘i lozim. Muomala madaniyati - bu о‘rinli, aniq, qiska, samimiy gapirish san’ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar о‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni tо‘g‘ri yо‘sinda gapira olmaslik yotadi. О‘zganing о‘rniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bо‘lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir.
Yuqorida aytib о‘tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik mahoratni talab etgani - odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa a’zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, har bir a’zo psixologiyasini va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki ''о‘zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yо‘lidir", - deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi vositasi - ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlovchilar jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar.


Xulosa
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 16.12.2019 yildagi O‘RQ-595-son “maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” 51-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari
Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbaridir.
Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining huquq va majburiyatlari normativ-huquqiy hujjatlar, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi, shuningdek mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, boshqaruv jarayonining
muvaffaqiyatli kechishi va samarali bo`lishida rahbarning o`zida muayyan
sifatlarni namoyon eta olishi ham hal qiluvchi omillardan biri sanaladi.
Rahbar shaxsida namoyon bo`ladigan ma`naviyaxloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlar boshqaruv faoliyatining samarali natijasini kafolatlaydi.
Shu sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbarlari ham
o`zlarida ma`naviy-axloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlarni doimiy
ravishda takomillashtirib borishga e`tibor qaratishlari, o`z ustilarida
izlanishlari lozim.
Tarbiyach, murabbiy degan so`zlarni xalqimiz samimiy hurmat va minnatdorchilik bilan tilga oladi.
Inson yozuvni ixtiro qilgan qadim zamonlardan beri muallim yosh avlodga xat-savod, ilm-hunar o`rgatadi. Hayotga endi kirib kelayotgan bola uchun o`qituvchi “eng bilimdon”, “eng donishmand” kishi hisoblanadi, ya`ni o`qituvchi avlodlarni bir-biriga bog`lovchi boqiy kasb egasidir.
Tarbiyachi saboq bersa har doim, u eng avvalo bolalarini ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalaydi. U yoshlar ongida milliy g`urur, Vatanparvarlik, iymon-e`tiqod, halollik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, odob-axloq qoidalarini singdiradi. Zero, ana shunday tarbiyachilargina mamlakatimizda ta`lim- tarbiya oldiga qo`yilayotgan
vazifalarni smarali bajara oladi.
Bozor iqtisodiyoti davrida rahbarda kommunikativ qobiliyat bilan birga tashkilotchilik qobiliyatining ham bо‘lishligi juda muhimdir. Bugungi kun rahbari о‘ta uddaburon, ishbilarmon, muassasa yoki korxonaning oldida turgan vazifalarini maqsadga muvofiq, sobitqadamlilik bilan bajarishni uyushtira olish imkoniyatiga ega bо‘lishi kerak. О‘zi rahbarlik qilayotgan korxonaning moliyaviy va iqtisodiy masalalarini tо‘g‘ri va oqilona tashkil qilishi, yangi g‘oyalar, yо‘nalishlar, ishlab chiqarish texnologiyasi, chet el ilg‘or tajribasini mahalliy sharoitga olib kirishi, tobe kishilar jinsi, yoshi, aqliy va jismoniy imkoniyati, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olib ish taqsim qilishi, xodimlar mehnatini tо‘g‘ri baholay olishi, korxona istiqboli va xodimlar ijtimoiy himoyasi uchun hamisha g‘amxо‘rlik qilishi undagi tashkilotchilik qobiliyatining mavjudligidandir.
Ushbu uslub yordamida shaxsdagi kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyati (odamlar bilan aniq va tez ishchanlik muloqotini о‘rnata olish, о‘z tanishlari davrasini kengaytira olish, ommaviy tadbirlarda qatnashuvi, odamlarga ta’sir kо‘rsata olish va bunda tashabbuskorlik sifatlarini namoyon qila olish kabilar)ni aniqlashga imkon beradi.


Yüklə 86,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin