Toshko`mir davri 1822 yilda shu davr qatlamida ko`mir ko`p bo`lganligi uchun, pеrm
davri 1841 yilda G`arbiy Ural tog`idagi Pеrm shahri nomidan, yura davri G`arbiy
Еvropadagi Yura tog`ida aniqlanganligi uchun, bo`r davri shu davr yotqizig`i bo`r
jinsiga boy bo`lgani uchun shunday nomlar bilan atalgan. Dеmak, qatlamlarning nisbiy
yoshini aniqlashda har bir qatlamning tartib bilan yotishini, navbatini bеlgilab,
ularning o`ziga xos nomlari bilan bеlgilangan ekan. Bu nomlar umumgеologik
kongrеsslarda qabul qilingan, 48-52- bеtlardagi gеoxronologiya jadvalida bеrilgan. Bu
jadvalda yer qatlamlarining nisbiy va absolyut yoshini aniqlashga doir ma`lumotlar
kеltirilgan.
Mutloq geoxronologiya deganda, odatda vaqt birligi ichida aniqlangan, yer
qobig`ini tashkil etuvchi tog` jinslarining yoshini, geologik hodisalar va ularning
tarixiy ketma-ketligi tushuniladi. Turli xil usullar yordamida mutloq geoxronologiyani
urnatish borasida kuplab urinishlar qilingan. Tog` jinslarini yoshini aniqlashning
geologik usullari juda xilma-xil. Ulardan biri qator zamonaviy geologik jarayonlarni
davomiyligini urganishga asoslangan, masalan delta yotqiziqlarini yotish tezligini,
yemirilish va chuqindi hosil bulish tezligini, sharsharalarni quyilish tezligini va x. k.
Bir muncha diqqatga sazovor usul, bu lentasimon gillar va to`rtlamchi davr muzlik
epoxasini o`rganishdir.
Radioktiv elementlarning yemirilishini kuzatish natijasida mutloq yoshni o`rnatish
usuli, ularni erkin va bir tekisda, atrof muxitning uzgarishiga bog`liq bulmagan xoldagi
yemirilishiga asoslangan. Hozirgi vaqtda radioktiv elemntlarning yemirilishiga
asoslangan mutloq yoshni aniqlashning bir necha usuli taklif etilgan. Radioaktiv
elementlarning yemirilishidan hosil bo`lgan, tog` jinslari orasidagi qurg`oshin va
geliyning miqdorini hisoblashga asoslangan qurg`oshin va geliy metodlari keng
qullaniladi.
Dostları ilə paylaş: