Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


kimmeriy   tog` burmalanishi mezozoy erasida,  alp



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   155
Geologiya majmua

kimmeriy
 
tog`
burmalanishi mezozoy erasida, 
alp
tog`
burmalanishi esa kaynozoy erasida 
sodir bo`lgan. Tektonik harakatlar eng qadimgi, qadimgi, yangi 
(neotektonik) va hozirgi zamon tektonik harakatlariga bo`linadi.
Eng qadimgi tektonik harakatlarga arxey va proterozoyda sodir bo`lgan 
tektonik harakatlar kiradi. Qadimgisi - paleozoy (kaledon, gersin) va mezozoy 
(kimmeriy) eralaridagi, neotektonik va hozirgi zamon tektonik harakatlari 
esa kaynozoy (alp) erasidagi tog`
burmalanishlarini o`z ichiga oladi. Ular 
asosan geologik, qisman geomorfologik usullar orqali o`rganiladi. 
Yer po`stidagi tektonik harakatlar qatlam yoki qatlamsiz yaxlit 
yotqiziqlarning dastlabki yotishini o`zgartiradi. Qatlamlar yon tomonidan 
siqilishidan burmalanadi, tik ta`sir qilgan kuchdan esa, sinadi, darzlar hosil 
qilib, bo`laklarga ajraladi va nihoyat bir qismi ko`tarilib, ikkinchi qismi 
cho`kishi mumkin. 
Qatlamlarning shakli va yaxlitligining o`zgarishi ichki harakatga 
bog`liqdir. Bu harakatdan cho`kish, ko`tarilish, burmalanish, er yorilishi, katta 
- katta palaxsalarning siljishi va boshqa xil tektonik strukturalar vujudga 
keladi. Tektonik harakatlar ikki xil - 
orogen 
va 
epeyrogen 
harakatlarga 
bo`linadi. Orogen harakatlar o`z navbatida 
plikativ 
(burmalanish) va 
diz`yunktiv
 
(uzilma) turlarga ajratiladi. Epeyrogen (tebranma) harakatlar 
yer po`stining asriy tebranishida o`z ifodasini topgan. 


Dengiz yotqiziqlarining barcha qit`alarda topilishi o`tgan geologik 
davrlarda bir necha marta er po`stida asriy tebranishlar kechganligidan 
dalolat beradi. Bunday harakatlar hozir ham davom etmoqda.
Epeyrogen harakatlar qirg`oq chiziqlarining o`zgarishida ayniqsa yaqqol 
aks etadi. Dengiz sohillarining ba`zi joylarida suvning qaytishini kuzatish 
mumkin. Bunday hodisa yo dengiz sathining pasayishi yoki sohilining 
ko`tarilishida ro`y beradi. 
Quruqlikning cho`kishi yoki dengiz sathining ko`tarilishi natijasida 
dengiz 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin