Volframatlar va molibdatlar
Bu guruhga 15 dan ortiq minerallar kiradi. Ularning
aksariyati volfram va
molibden kislotalarining tuzlari. Minerallarning asosiy qismini Ca, Fe,
kamroq Pb,
Mn
+2
, Cu
+2
, kationlar tashkil qilib, ba`zan o`zaro izomorf qatorlarini hosil qiladi.
Volframat guruhiga gubnerit – MnWO – ferberit – FeWO
4
izomorf aralashma
qatori minerallari kiradi. Bularning ko`p xususiyatlari bir-biriga juda yaqin va tabiatda
ular keng tarqalgan.
Volframit (Fe,Mn)WO
4.
Bu gruppaga (gyubnerit-ferberit) izomorf qatori
mineralari kiradi. Dastlab 1758 yilda volfram deb atalgan. Bu so`z lotincha lupi spuma
“bo`ri ko`pigi” yoki “bo`ri qaymog`i” so`zining nemis tiliga tarjimasidir. Bu mineral
bilan aralashqan qalayi rudalarini eritganda, erigan qalayi ustida ko`pik paydo bo`ladi.
Volfram element sifatida keyinroq kashf etilgan bo`lib,
uning nomi shu mineral
nomidan olingan. Kristallari tablitkasimon yoki prizmatik shakllangan monoklin sing
oniyali. Qattiqligi 4,5-5,5, zichligi 6,7-7,5 g/sm
3
, rangi qora qo`ng`ir
yoki qora
chegarasi qo`ngqirdan qora va sariqgacha, yaltiroqligi shafaqsimon,
ulanish tekisligi
mukammal. Gidrotermal kvarts tomirlari, grezen va pegmatitlarda uchraydi.
Sheelit. CaWO
4.
Volfram kislotasini xuddi shu mineral tarkibida birinchi marta
ochgan (volframitdagi volfram keyinroq ochilgan edi) shvetsiyalik ximik olim Sheele
(17421786) familyasi bilan atalgan. Tetragonal singoniyali, qattiqligi 4,5, zichligi 5,8-
6,2g/sm
3
rangi oq, kulrang va qizg`ish, yaltiroqligi yog`dek, olmosdek.
Kontakt-
metosomatik konlarda gidrotermal va pegmatik tomirlarida uchraydi. Volfram rudasi.