Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155
Geologiya majmua

Paleozoy gruxi va erasi 
Paleozoy guruxining davomiyligi 570 mln. yil atrofida. Paleozoy davrida intensiv 
tog` hosil bo`lish harakatlari, ya`ni burmalanishlar sodir bo`lgan. Birinchisi kaledon 
burmalanish davri - ordovik va silur davrlarida yuz bergan. Ikkinchisi gertsin 
burmalanish davri-toshkumir va perm davrlarida yuz bergan. Paleozoy guruxi quydagi 
davrlarga bo`linadi: kembriy, ordovik, silur, devon, toshkumir va perm. 
Mezozoy guruxi va erasi 
Yer geologik tarixining tokembriydan so`ngi ikkinchi erasi 160-170 mln. yil davom 
etgan. Mezozoy davrida kimmeriy nomi bilan ma`lum bo`lgan tog` hosil bo`lish 
xarakati sodir bo`lgan. Mezozoy guruxi uchta sistemaga bo`linadi: triass, yura va bur. 
Yuqori burning paleogen bilan chegarasida butun kaynozoy davomida va to`rtlamchi 
davrni xam qamrab oluvchi alp burmalanishiga taaluqli tog` hosi bo`lish jarayoni sodir 
bo`lgan. 
Kaynozoy guruxi va erasi 
Yer geologik rivojlanish tarixining eng yangi erasi, uning davomiyligi 55-65 mln. 
yil. Kaynozoy guruxi uchta sistemaga bo`linadi paleogen, neogen va to`rtlamchi.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Islomov O.I. “Umumiy geologiya” “O`qituvchi” 1991 y. 
2.
Shorahmedov Sh.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” “O`qituvchi” 1989 y. 
3.
Qurbonov A.S. “Geologiya” “O`qituvchi” 1991 y. 
4.
Yermolov V.A. i drugiye “Geologiya” Min.izd. Moskovskogo gos. Universitet: 
-2004 g 
5.
V.B. Toshmuhammedov . Umumiy geologiya “Noshir” Toshkent 2011 y 
 


6-MAVZU. ENDOGEN GEOLOGIK JARAYONLAR. VULQONLAR VA 
MAGMATIK TOG` JINSLARI. 
Reja: 
1.
Endogen geologik jarayonlar. 
2.
Intruziv magmatizm mohiyati. 
3.
Magma diffеrеnsiatsiyasi haqida tushuncha.
4.
Effuziv magmatizm — vulkanizm. 
Endogen jarayonlarning yer qaridagi materiyaning bir formadan boshqa formaga 
o`tishda uning harakati va bo`linishi natijasida yuzaga keladigan magnitizm, 
metamorfizm va deformatsiya ko`rinishlarida shakillanadi. Bu jarayonlarning harakteri 
va intensivligi borasida so`z borganda bevosita uning otilayotgan vulkan, zilzila, yoriq 
va boshqa deformatsiyalarning yer yuzasidagi shakillanishini kuzatish lozim. 
Endogen jarayonlarda materiyaning bo`linishi foydali qazilmalarni juda muhim 
guruhlarini shakillanishiga (ko`pchilik metall rudalarni, slyudalarni, qimmatbaho 
toshlarni va boshqalarni), shuningdek stihiyali fojia ko`rinishlarini keltirib chiqaradi, 
ularni o`rganish ular bilan bog`liq bo`lgan fojialar haqida oldindan ogohlantirish 
imkonini beradi. Shuning uchun endogen jarayonlarni o`rganish faqatgina ilmiy 
ahamiyatga ega bo`lmasdan balki amaliy ahamiyatga ham ega. 
Endogen jarayonlar chuqur yer qa`ridan chiqayotgan magmaning shakilanishi va 
uning yer yuzasiga chiqishi hisobiga yer tarkibini va shaklini o`zgartiradi. Relyef ham 
chuqur magmatik jinslar ham yer yuzasi sharoitiga mutloq turg`un emas. Yer qarida 
shakilangan jinslar o`sha sharoitdagina turg`un bo`lib ular yer yuzasida ekzogen 
jarayonlar tasirida sutkali va mavsumiy tekis turani o`zgarishi, suvning, havoning va 
tirik organizmlarning mehanik va himiyaviy tasirida tezda buziladi .Natijada yer 
yuzasida turg`un bo`lgan boshqa yangi moddalar shakilanadi. Birlamchi magmatik 
tog` jinslarining hisobiga yuzaga keladigan ikkilamchi materiyaning yangi formalari, 
yangi tog` jinslari hosil bo`ladi. 
Kuzatishlardan bizga ma`lumki o`zgarish va buzilish faqatgina yer qaridan yer 
yuzasiga chiqqan jinsgagina tegishli bo`lmaydi. O`zgarish yer yuzasida hosil bo`lgan 
jinslarni yerning chuqirroq zonalariga tushib qolishida yuz beradi. Masalan, cho`kindi 
jinslarni yer qaridan chiqayotgan magma yaqiniga ya`ni yuqori tekstura va bosim 
tasiriga tushib qolishda, yoki bo`lmasa yer qobigining deformatsiyasi natijasida 
temperatura va bosimning keskin o`zgarishi hisobiga o`zgaradi. Yer yuzasida 
shakillangan jinslar turg`unlik holati juda past ko`rsatgichga ega, jinslarning qayta 
shakilanishidan avvalgisiga o`hshamaydigan yangi jinslar hosil bo`ladi. Bu jinslar 
metamorfik tog` jinslari, ularni hosil qiluvchi jarayonga metamorfizm jarayoni 
deyiladi. Metamorfizm jarayoni vaqtida foydali qazilma konlari ham hosil bo`lishi 
mumkin, misol uchun asbest, talk, mramorlar, ko`pchilik metallar va boshqalar. 
Shunday qilib, endogen jarayonlar ya`ni ichki agentlar doimo o`zgartiradi va bir 
vaqtni o`zida yangi sharoitga turg`un moddalar hosil qiladi, yer yuzasiga shakilangan 
materiya yer qa`rida turginsiz holatda uchraydi, agar shu muhitga tushib qolsa ularni 
qayta shakilantiradi. 



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin