Nutq o‘stirish mеtodikasi



Yüklə 44,35 Kb.
səhifə12/14
tarix13.05.2022
ölçüsü44,35 Kb.
#115864
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Nutq o‘stirish måtodikasi

Iboralar ustida ishlash

Frazeologiya leksikologiya singari boshlang‘ich sinfda nazariy o’rganilmasa-da, lekin o’quvchilar frazeologizmlarga “Ona tili“ va “O’qish kitobi“dagi badiiy matnlarda, ta’lim jarayonidan tashqi holatlarda ko’p duch keladi. Atrofdagilar va ota-onalar bilan suhbatda bola (“do’konga oyog‘ingni qo’lingga olib borib kel“, “qilgan ishingga ko’zim tushib qoldi“, “akang bilan til topishib olasan“ kabi) iboralarni eshitadi. Ayni holat ona tili va o’qish darslarida frazeologik birliklarning ma’nosi ustida ishlash orqali muloqot nutqini o’zlashtirishni ham taqozo etadi.

1-4-sinf “Ona tili» va «O’qish kitobi» darsliklarida ko’plab iboralar qo’llanganki, ularning leksik ma’nosini tushuntirmay o’tib ketish mumkin emas.

1-sinf “Ona tili“1 darsligida “til topishdi“, “oq ko’ngil“,“qalamga olmoq“, “dil ravshan tortib“, “oldiga tushirmaydi“, “qo’lga tushmoq“, “gapimga kirmasdi“, “kun ko’rmoq“ va “O’qish kitobi“ 2darsligida “boshi qotdi“ (25-bet), “ko’zi (kitob ushlab turgan kampirga) tushdi“ (27-bet), “quloq solmoq“ (43-, 76-bet), “baxti kulgan“ (baxtim kular, 51-bet), “ko’zingni (katta) och“ (52-bet), “(ta’na) tosh(ini) otmoq“ (56-bet), “oq ko’ngil“ (60-bet), “chehrasi ochilib“ (83-bet), “(dunyodan) ko’z yummoq“ (86-bet), “ko’ngil bermoq“ (89-bet), “ter to’kmoq“ (89-bet “to’ksang ter), “uddasidan chiqmoq“ (93-bet), “duch kelgan“ (94-bet), “tilga kirmoq“ (100-bet), «esidan chiqarmoq» (106-bet) kabi frazeologizmlar qo’llangan.

2-sinf “Ona tili”3 darsligida quyidagi frazeologizmlarni uchratish mumkin: «qo’li kelish(ma)di” (17-bet), «orasidan qil o’tmaydi» (48-bet), «yo’lga chiqmoq» (50-bet), «til topadi» (53-bet), «yuzaga kelmoq» (56-bet), «ko’zi tushdi» (61-bet), «ro’yobga chiqmoq», «yo’l olmoq» (65-bet), «e’tiboriga tushmoq» (67-bet), «bag‘rini ochmoq» (77-bet), «ensasini qotirmoq» (83-bet), «til yorar» (86-bet), «bahri dilini ochmok» (92-bet), «chehrasi yorishmoq», «yo’lini topmoq» (95-bet), «ko’ksing tog‘» («ko’ksi tog‘day ko’tarilmoq»ning she’rdagi qisqargan shakli, 102-bet). Demak, 3-4-sinf «Ona tili» darsliklarida ham shu miqdordan kam ibora qo’llanmagan.

4-sinf «Ona tili» darsligida qo’llangan iboralar: «jon bermoq» (35-mashq), «o’rniga qo’ymoq» (47), «holdan toymoq» (56), dilini og‘ritmoq (ko’nglini og‘ritmoq iborasining varianti; «ranjitmoq» ma’nosi; 187-mashq), haddan tashqari (« ortiq darajada, nihoyatda» sinonimii: haddan ziyod; 200-mashq), fayz to’kmoq (201), chiroyi ochilmadi («xafachiligi tarqalmadi»; lunji osildi (204), qarshi olmoq («kutib olmoq»; 224), mijja qoqmay (mijja qoqmaslik –«sira uxlamaslik, (tunni) bedorlikda o’tkazmoq»; 255), bardosh bermoq («chidamoq», o’xshashi: dosh bermoq, tob bermoq; 271), ter to’kmoq ( mashaqqatli jismoniy mehnat qilmoq» varianti: peshana teri to’kmoq; 322), ko’zini tikkan (umid ko’zini tikkan - «umidvor bo’lib qaramoq» (1), tikilib qaramoq (2), xirs bilan qaramoq (3); 357), oralaridan qil o’tmaydi (362, 371), tilga olmoq («gapirmoq», sinonimi: og‘ziga olmoq), o’yga tolmoq («uzoq fikrlamoq» varianti: xayolga tolmoq, 367, 316), jonimni hovuchlab turaman (sinonimi: yuragini hovuchlab, «biror falokat voqe bo’lishidan benihoya qo’rqqan holda» 400), yuragi ezilmoq («ruhan azoblanmoq». Varianti: yurak-bag‘ri ezildi, jigar-bag‘ri ezildi – «yuragi siqildi» 400), yo’lini topmoq (415), yodga olmoq –sinonimi: esga olmoq («xotirlamoq, eslamoq» 419), jon fido qilmoq («o’zini qurbon qilishga ham tayyor bo’lmoq – jonini fido qilmoq, jonini ham ayamaslik»; 431), javlon urmoq (452), nish urmoq( 448), lol qoldirmoq (444) kabi.

Frazeologiyamlarning ma’nosini quyidagi usullar yordamida tushuntirish maqsadga muvofiqdir:

1. Tilda sinonimi yo’q frazeologizmlarning ma’nosi hayotiy voqealar, hikoya yoki ertaklar asosida izohlab beriladi. Masalan, qo’lga tushmoq iborasining ma’nosini tushuntirishda «Yolg‘onchining izza bo’lishi» rivoyatini aytib berish mumkin. Rivoyatda do’stiga xiyonat qilgan kishi Mirzo Ulug‘bek bilan bo’lgan qizg‘in suhbat chog‘ida aybdor ekanini sezdirib, «qo’lga tushib» qoladi.

2. Sinonimii bor iboralarning ma’nosi ularning ma’nodoshlarini keltirib izohlanadi. Masalan, ““ko’ngil bermoq“ iborasiga “ko’ngil bog‘lamoq“ variantdosh, “yaxshi ko’rmoq“ ma’nodosh, “uddasidan chiqmoq“ iborasiga “eplamoq, uddalamoq“ so’zi o’zaro ma’nodosh bo’ladi. Lekin sinonim bo’lgan so’zlar frazeologizmlarning ma’nosini ifodalasa ham, qo’shimcha ottenkalarini – emostional-ekspressiv bo’yog‘ini bera olmaydi. Kichik yoshdagi o’quvchilarga ularning qo’shimcha ottenkalari haqida gapirilmasa-da, lekin ularning inson hissiyotiga ta’sir etish darajasi kuchli bo’lishini misollar yordamida anglashlariga erishish lozim. Masalan , “oyog‘ingni qo’lga olib“ borib kel iborasi bilan “tez borib kel“ birikmasining ma’nosini taqqoslash mumkin.(oyog‘ini qo’lga olib – “tez, g‘irillab“ degan ma’noni bildiradi, lekin “tez, g‘irillab“ so’zlariga nisbatan ma’no darajasi kuchli) O’quvchilarni nutqda iboralardan foydalanishlariga ehtiyojni yuzaga keltirish, undan fikr ifodalashda foydalanishga undash lozim. tosh yo’l, tosh yurak va hokazo.

3. Tanish bo’lmagan ibora ma’nosini uning antonimiga


taqqoslash orqali tushuntirish.

4. Iboraning ma’nosini kontekst asosida tushuntirish. Masalan: Kamtar bo’lsang, obro’ ortar, Manman bo’lsang, ensa qotar. (Maqol) –manmanlik qilgan odamdan boshqa odamlar ranjiydi, noxush bo’ladi.

Demak, 1-sinfda asosan iboralarning ma’nosi izohlanadi, o’quvchilarning iboralar ma’nosini anglashlariga, o’z so’zlari bilan tushuntirib berishlariga erishiladi.

2-sinfda ko’chma ma’noli so’z bilan iboraning o’xshash va farqli tomonlari taqqoslanadi. O’qituvchi ikki ustun shaklida doskaga ko’chma ma’noli so’z bilan iborani yozadi.

Taqqoslashusulidanfoydalanib, ularningshaklivao’zhamdako’chmama’nosiizohlanadi: - «Shaharuyg‘ondi» degandanimanitushundingiz? (Shahardagiodamlarninguyg‘onganini)

-Birikmadaqaysiso’zko’chmama’noifodalabdi? («shahar» so’zi)

-Demak, so’zlarko’chmama’noifodalaydi, buni 1-sinfdanbuyono’rganibkeldingiz.

-«terto’kmoq» degandanimanitushundingiz? (mehnatqilishni)

-«terto’kmoq» iborasidaqaysiso’zko’chmama’nobildiryapti? (har ikkinchiso’z ham ko’chmama’noifodalayapti)

-«terto’kmoq» iborasi «mashaqqatbilanqattiqishlamoq» ma’nosinibildiryapti. Demak, so’zlarko’chmama’nobildirganidek, iboralar ham ko’chmama’nobildirarekan. Faqatiboralarkamidaikkitaso’zbo’ladi. Ularbirbutunholdako’chmama’nobildiradi. Taqqoslang: orasidanqilo’tmaydi – ignaningteshigidanqilo’tmaydi.

2-sinf «Ona tili» darsligidaqo’llanganfrazeologizmlaryuzasidanquyidagichamashqlaruyushtirilishimumkin:

1.Asardagi ayrimso’zlarniiboralarbilanalmashtirish. Bundaquyidagikabijadvaldanfoydalanishmumkin:

1-topshiriq. So’zningma’nosiniifodalaydiganiborani toping.
2-topshiriq. Iboraningma’nosiniifodalaganso’zni toping.
2. Omonimfrazeologizmlarningma’nosinifarqlashgao’rgatish.

Topshiriq. Berilganiboralarishtirokidaikkita gap tuzing. Ularikkixilma’nodaqo’llanganbo’lsin.

3. Berilgansinonimiboralarniqatnashtirib, kichikmatntuzish. Uddasidanchiqmoq, qo’lidankelmoq, ustidanchiqmoq(2-sinfda); holdantoymoq, tinkasiqurimoq(4-sinfda).

4. Berilganiboralarishtirokida gap tuzish. Ularningma’nosini (qarama-qarshima’noli )izohlang. Dil ravshan tortib – dilxiratortib.

3-4-sinfda iboralarni yodda olib qolishga o’rgatishda “Geografiknomlar, ranglar, milliylibos, hayvon, o’simliknomlariqatnashganiboralarguruhini tuzing” kabi topshiriqlardan foydalanish mumkin. Masalan: dokadek oqarib ketmoq. Rangi bo’zdek oqardi. Pashshadan fil yasama. Uzukka ko’z qo’ygandek. Qovog‘idan qor yog‘moq kabi.

Tana a’zolari nomi ishtirok etadi: lunji osildi, ko’z tikdi, qovog‘i osildi, og‘zi qulog‘ida kabi. Bunday iboralarning ma’nosini shu a’zolarning vazifasi, harakati orqali izohlashga harakat qilishlari o’rgatiladi.

Ma’lumki, iboralar ijobiy ma’no yoki salbiy ma’no ifodalaydi. O’quvchilarga iboralarning ijobiy va salbiy ma’nosini aniqlashda tarkibidagi so’zlarga e’tibor qaratishlari aytiladi. Xalq yaxshi ko’rgan narsalar ishtirok etsa, iboradan kelib chiqayotgan ma’no ham ijobiy bo’lishi, odamlar yomon ko’rgan narsalar ishtirok etsa, salbiy ma’no ifodalashi misollar bilan ko’rsatiladi. Ba’zan ayrim hayvonlar ham ijobiy, ham salbiy ma’noda qo’llanadi. Bunday iboralarni izohlashda kontekstga e’tibor berish zarur.

Iboralarning ma’nosini izohlashda uning tarkibidagi so’zlarning ko’chma ma’nosiga asoslanish lozimligi o’quvchilarga o’rgatiladi va shunga asoslanib izohlashga o’rgatiladi. So’zning ko’chma ma’nosi tushunmagan o’quvchilar iboraning ma’nosini izohlashda qiynalishdi.

3-4-sinfda iboralarning ma’nosiga ko’ra guruhlash ishlari mashq qilinsa, ularning ma’nosini yaxshiroq o’zlashtirib oladilar.


Yüklə 44,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin