keyinchalik tugatish yoki qayta sotish uchun aksiya egalaridan sotib
olingan o’zining aksiyalari hisobga olib boriladi.
Ushbu mablag’lar va muomalalarni tegishli schyotlarda qayd qilish
quyidagi xujjatlarga asosan amalga oshiriladi:
tushgan naqd pullarni topshirganda – bankning pattalari, aloqa
bo’limlarining pattalari, inkassatorlarga topshirilganligini tasdiqlovchi
kuzatuv qaydnomasining nusxasi va hokazolar;
bosh sub’ekt yuborgan mablag’ga – sanasi, topshiriqnoma nomeri,
miqdori, bank yoki aloqa bo’limining nomi ko’rsatilgan bildirishnomani
olish.
Ayrim o’rtoqlik jamiyatlari kelishilgan tartibda boshqa shaxslarning
ulushlarini sotib olib boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga
berish uchun olingan ulushlarni ham hisobga olib boradilar.
Aksiya egalaridan o’zining aksiyalarini sotib olish jarayonlari tegishli
5600-«
Pul ekvivalеntlarini іisobga oluvchi schyotlar»
schyotlarining debet tomonida va ularning qiymatini to’lash esa tegishli
5000, 5110, 5200, 5500 va hokazo schyotlarining kreditida aks ettiriladi.
Agarda ushbu aksiyalar tugatilsa (muomaladan chiqarilsa), ushbu
muomala qonun doirasida amalga oshirilsa tegishli 8600-«
Sotib olingan
xususiy aktsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining
debetida va 5600-«
Pul ekvivalеntlarini іisobga oluvchi
schyotlar» schyotining kreditida qayd qilinadi.
Pul ekvivalentlarining analitik hisobi har bir pul ekvivalenti (pochta
markasi, davlat bojxona markasi, veksel va hokazo) bo’yicha ayrim olgan
holda yuritiladi.
Pul ekvivalentining holati va harakatini schyotlarda qayd qilish
chizmasi quyidagi tartibda beriladi.
Dostları ilə paylaş: