O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə104/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Axborot uchun ma’lumot 

Bakterial ichburug’ epidemik tarqalishga moyil, asosan yo’g’on ichak shilliq


pardasining yallig’lanishi, ich ketishi, axlatda shilliq modda va qon aralashmalari
ajralib chiquvchi yuqumli kasallik hisoblanadi.



143
Ichburug’ qo’zg’atuvchilari shigella turkumiga mansub mikroblar guruhi


hisoblanadi. Ichburug’ qo’zg’atuvchilarini birinchi marta 1891 yilda rus olimi
Grigorev, 7 yil o’tgandan so’ng (yapon olimi), keyinchalik esa boshqa turlarini
Shmitc-Shtucer, Boyd, Novgorodskiy va boshqalar topgan.
Dizenteriya qo’zg’atuvchilari odam organizmidan tashqarida yashay olishi
tashqi muhitning har xil sharoitlariga bog’liq: tik tushadigan quyosh nuri ostida 30
minutda, 60 daraja haroratda 10-120 minut o’tgach o’ladi. Ular 40 kungacha muz
orasida tirik yashashi mumkin. Suvda esa 2 oygacha tirik yashashi mumkin.
Axlatda 10-15 kun, nam tuproqda esa 1 oydan ko’proq tirik qolishi mumkin.
Dizenteriya kasalligida infeksiya manbai asosan o’tkir va surunkali shakl
bilan kasallangan odamlardir. Dizenteriyaning surunkali shakli vaqti-vaqti bilan
xuruj berishi mumkin. Bundan tashqari tranzitor tashuvchilar mavjud.
Ba’zi bemorlarda o’tkir jarayon surunkali shaklga o’tishi mumkin, bunda
bemor 4-6 oy davomida va undan ko’p epidemiologik xavfli hisoblanadi.
Ichburug’ tipik ichak infeksiyasi bo’lib unga og’iz-najas mexanizmi xosdir va
yuqish birlamchi, oraliq, oxirgi omillar yordamida amalga oshadi. Birlamchi va
oraliq omillarga tuproq, pashshalar, ifloslangan qo’llar, shigellalar bilan
ifloslangan buyumlar va suv mansub. Ba’zi bir hollarda esa faqatgina oxirgi omil
bo’lishi mumkin, ya’ni bolalar o’yinchoqlari, uy-ro’zg’or buyumlari,
mikrozarrachalar bilan ifloslangan qo’llar Shular jumlasidandir.
Zonne hamda Fleksner shigellalari suvda ko’payib o’sishi mumkin, lekin
Zonne shigellasi suvda o’zining virulentligini susayishi bilan farqlanadi.
Ichburug’da kasallanishning o’sishiga katta yordam beruvchi omillardan biri
ijtimoiy omildir. Bugungi kunda shaharlarda aholining zich joylashuvi, umumiy
ovqatlanish korxonalarning ko’pligi va sanitariya - epidemiologiya qonun -
qoidalarini qo’pol ravishda buzilishi ichburug’ kasalligining epidemik avj olishiga
sabab bo’lmoqda. Ichburug’ kasalligining tarqalishida omil bo’lib sut mahsulotlari
ham xizmat qiladi. Sut va sut mahsulotlarida shigellalar yaxshi rivojlanib
ko’payadi. Yuqorida aytilganidek, sut va sut mahsulotlari yordamida epidemik avj
olishlar Zonne shigellasiga xosdir. Ba’zi mualliflarning ma’lumotlariga qaraganda
Zonne shigellasi epidemik avj olishlarining 80% i sut va sut mahsulotlari omili
yordamida yuzaga chiqqan. Zonne shigellasining biokimyoviy xususiyatlaridan
biri laktozani parchalash qobiliyatidir. Bu xususiyat sutga tushgan Zonne
shigellasining yaxshi rivojlanib ko’payishiga olib keladi. Zonie shigellasiga
xarakterli bo’lgan belgilardan biri organizmdan tashqarida uzoq yashay olishi
bo’lib, bu qobiliyat katta epidemiologik ahamiyatga ega.
Fleksner shigellasi suv omili yordamida ko’proq kasallanishlarni yuzaga
chiqaradi. O’zbekiston sharoitida ko’proq Fleksner shigellasi uchraydi, bunda
ijtimoiy omilning epidemik jarayonga salbiy ta’siri namoyon bo’ladi, ya’ni
ichimlik suvi bilan aholi yashaydigan joylar to’la ta’minlamaganligidir. Fleksner
va Zonne shigellalari bir-biridan kasallik keltirib chiqaruvchi omillardan tashqari,
klinik kechishi bilan hamda kasallikdan keyin qoldiradigan asoratlari bilan ham
farq qilinadi.
Fleksner shigellasida Zonne shigellasiga qaraganda yaqqol bo’lmagan va



144
subklinik shakllari ko’proq uchraydi.


Bakteriya tashuvchilik subklinik ko’rinishda yoki tranzitor tashuvchilik
ko’rinishida namoyon bo’ladi. Ular tashqi muhitga qisqa vaqt oralig’ida
bakteriyalarni ajratishi mumkin. Dizenteriyaning tarqalish yo’llari boshqa ichak
infeksiyalaridagidek turli-tuman. Bevosita bemorning yaqinida bo’lishning
ahamiyati katta, chunki bemor ajratgan najas zarrachalari bilan ifloslangan qo’llari,
dizenteriya mikroblari tushgan buyumlar orqali dizenteriya qo’zg’atuvchilari jadal
tarqaladi. Dizenteriya sanitariya madaniyat saviyasi past hamda sanitariya -
ozodalik qoidalariga rioya qilmaydigan oilalar va xonadonlarda, yaslilar va bolalar
bog’chalarida rejim buzilgan hollarida Shu yo’l bilan tarqaladi. Shu yo’l bilan
tarqaladigan kasallanish hollari yil bo’yi kuzatiladi. Bugungacha shigellalarning
halqaro tasnifi va sobiq ittifoqda qabul qilingan tasnif mavjud:

serovarlar Kichik serovarlar


Dizenteriya shigellasi 12 -
Fleksner shigellasi 8 10
Boyd shigellasi 18 -
Zonne shigellasi - -

Sobiq ittifoq olimlari shigellalarning biokimyoviy va antigen tuzilishi


xususiyatiga qarab 3 ta guruh va mayda guruhchalarga bo’linadi:
I. Mannit manfiylar yoki mannit parchalamovchilar.
1) Grigorev — Shig.
2) Shtucer - Shmitc.
3) Larj - Saks.
4) Provizor shigellalar.
II. Mannit musbatlar yoki mannit parchalovchilar.
1) Fleksner serovarlari 1a, 16, 2a, 2v va x.k.
2) Boyd - Novgorodskiy.
3) Nyukastl.
III. Laktozani sekin parchalovchilar.
1) Zonne.
Ichburug’ kasalligini klinik kechishi o’zining polimorfligi bilan, ya’ni turli
xilligi bilan farqlanadi. Ichburug’da kasallikning og’ir yoki engil kechishi qaysi bir
shigella chaqirganligi, uning virulentligi va makroorganizmning individual
xususiyatlariga bog’liqdir.
O’tkir ichburug’ kasalligining yaqqol belgilaridan biri tez-tez ich ketishidir.
Tez-tez ich ketishi o’choqda epidemik holatni yomonlashuviga olib keladi, chunki
tashqi muhitda shigellalar ko’plab tarqalishiga sabab bo’ladi. Ichburug’ bilan
og’rigan odam kasallikni birinchi belgilari yuzaga chiqqan paytdan boshlab xavfli
hisoblanadi, o’tkir ichburug’da yuqumlilik jarayonining davri 3-5 kunni tashkil
qiladi.
Ko’p yillik kasallanish darajasini tahlil qilgan paytimizda Zonne shigellyozida
epidemik jarayonning siklik yuzaga chiqishi har 3 yilda, Fleksner shigellyozida esa



145
har 5-9 yilda qaytarilishini ko’rishimiz mumkin.




Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin