O ’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


MAVZU:O’ZBEKISTON QO’RIQXONALARI VA ULARNING VAZIFALARI



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə26/43
tarix13.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#140194
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Xorijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor oʻsimliklar va ulardan foydalanish

MAVZU:O’ZBEKISTON QO’RIQXONALARI VA ULARNING VAZIFALARI

O‘simliklarni davlat tizimidagi hududlarini muhofaza qilishni quyidagi shakllari mavjud. Qo‘riqxona quruqlik va suv havzasining xarakterli tabiiy landshaftlari bo‘lgan ma’lum bir maydon bo‘lib, tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar orasida qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi.


Qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi va maqsadlari nimalardan iborat? Qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi - tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarning jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. qo‘riqxonalarning xududlaridagi majmualar tabiiy holda saqlanadi. Ular inson tomonidan o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilayotgan qo‘shni hududlar uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi.
Qo‘riqxona hududdaridan xo‘jalikda foydalanish, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin terish umuman taqiqlanadi. Qo‘riqxonalar atrofi xam, foydalanib muhofaza kilinadigan zona bo‘lishi kerak. Qo‘riqxonalarning vazifasi tabiatni bir butun holda o‘rganishdir. Ular landshaft tarkibiy qismlari o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishlarni bilib olib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish uchun zarur. Inson tomonidan o‘zlashtirilgan landshaftlarga moslasholmagan hayvonlarni faqat qo‘riqxonalarda saqlash mumkin bo‘lmoqda.
Shuningdek, bir qancha o‘simlik turlari faqat qo‘riqxonalarda saqlanmoqda. Qo‘riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va ularni ko‘paytirishda ham katta rol o‘ynaydi. Shunday qilib, qo‘riqxona hududlari turli xil hayvon va o‘simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va genetik fondini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda hamma qo‘riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Qo‘riqxonalarda minglab xodimlar tabiiy majmualarni va ularning ayrim tarkibiy qismlarini tekshiradilar.
Keyingi yillarda inson tomonidan dengiz va okeanlar boyliklari o‘zlashtirilishining tobora kuchayib borishi bilan bog‘liq holda atrof-muhitning ifloslanishiga, ekologik tuzumlarning buzilishiga, ayrim hayvon va o‘simlik turlarining yo‘q bo‘lib ketishiga olib keluvchi antropogen ta’sirlar kuchayib bormokda. Shuning uchun dunyo akvatoriyalarida ham qo‘riqxonalar tashkil etilib, ularning soni 170dan ortib ketdi. Ular avstraliya, daniya, isroil, yaponiya, flipppin, janubiy afrika va boshqa davlatlarda joylashgan.
O‘zbekistonda birinchi qo‘riqxona 1926 yilda zomin rayonining jizzax o‘rmon xo‘jaligiga qarashli kulsoy va g‘uralashsoy havzalarida „g‘uralash" tog‘ archa qo‘riqxonasi nomi bilan tashkil qilingan edi. U keyinchalik zomin tog‘- o‘rmon qo‘riqxonasi nomi bilan qayta taklangan.
O‘zbekistonda umumiy maydoni 460ming gektarni tashkil qiluvchi 14ta qo‘riqxona mavjud. qo‘yida ularga to‘xtalib o‘tiladi.
Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi. u turkiston tizmasi g‘arbiy qismining shimoliy yonbag‘rida, zomin tog‘ida 1900 - 3500 metr balandlikda joylashgan. Bu yerda tog‘, dasht, o‘rmon va subalp o‘simlik mintaqalari mavjud. Qo‘riqxona hududida 150dan ortiq o‘simlik turlaridan iborat. Bu yerda archaning uch turi uchraydi. O‘rmonzorning pastki qismida zarafshon archasi, o‘rta qismda saur archasi, yuqori qismida turkiston archasi o‘sadi. Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasida archazorlarning tabiiy geografik majmualarini saqlash ularni har tomonlama tadqiq etish, tabiiy resurslar sifatini yaxshilash, ularni ko‘paytirish shuningdek, archa biologiyasini o‘rganish, archazorlarni kengaytarish, xayvonot dunyosini saqlash va tiklash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qo‘riqxona chotqol tizmasining janubiy-g‘arbiy qismidagi dengiz satxidan 1000 - 3200 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, maydoni 47,5 ming gektar yerni tashkil qiladi. Qo‘riqxona hududida quruq dashtdan tashqari mevali o‘rmonlar, archazorlar, alp o‘gloqlari kabi ladshaft mintaqalari mavjud. Bu yerda 600 dan ortiq o‘t, 40ga yaqin daraxt va buta o‘simlik turlari uchraydi. Qo‘riqxonaning deyarli yarmi archazorlardan iborat. Bundan tashqari pista, kavkaz shamshodi, zirk, irg‘ay, va boshqa o‘simlik turlari o‘sadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin