Ma'lumki XI asrda yashagan Asadi Tusiy «Munozarai shabu
ro‘z» (“Tun bilan kun” munozarasi) «Munozarai osmonu zamin»
(«Osmon bilan yer munozarasi») «Munozarai gabru muslim»
(«Kofir bilan musulmon munozarasi») «Munozarai arabi ajam»
(«Arab va ajamlik munozarasi») singari asarlarni yaratgan edi. Bu
asarlar turkiy shoirlar orasida ham katta shuhrat topgan edi.
XV
asr boshlarida yashagan Ahmadiy, Yusuf Amiriy va Yaqiniy
tomonidan yaratilgan munozaralar juda ko‘p jihatlaridan Asadi
Tusiy munozaralariga o ;xshab ketadi.
Ahmadiyning «Rudjomaning orasinda munozara va muboxasa»
asarida muzika asboblari orasidagi tortishuvlar xikoya qilinadi.
Munozaraning boshlanishida shoir nasrda hamd, na’t va
kitobning yozilish sabablarini aytadi. Ahmadiy munozarasi ramali
musaddasi maxzuf (foilotun foilotun foilun) vaznida yozilgan
masnaviydan iboratdir.
Munozaraning davomida Tambura, Ud, Chang, Q o‘buz,
Kungura o ‘rtasidagi tortishuvlar tasvir etiladi. Bahsni Tambura
boshlab, o ‘z ovozining yoqimli, rohatbaxsh ekanini aytadi. Ayni
zamonda Udni qomi yo‘g ‘on xo‘ja, changni aqli kalta, nodon, gap
uqmas deb ayblaydi.
Dostları ilə paylaş: