Agar ikkita X xromosomalardan bittasi o`zining kalta yelkasini yo`qatib uning o`rnida Y xromosomaning kalta yelkasi o`rnashgan bo`lsa bunday kariotipli shaxslar nasl bermaydigan erkak organizm bo`lib yetiladilar.
Yuqorida bayon etilgan malumotlar odamlarda erkak va ayol jinsining qaror topishi bir tomondan X va Y jinsiy xromosomalarga ikkinchi tomondan ularda joylashgan genga, uchnchi tomondan gormonlar faoliyatiga bo`gliq ekanligidan dalolat beradi.
Jinsning paydo bo’lishi va uni oldindan bilish va boshqarish to’g’risida har xil gipotezalar mavjud.Ulardan biri K.Bridjes gipotezasi.Bu gipotezaga binoan Y xromosoma hamma vaqt ham erkak jinsini rivojlantirmaydi.Jinsni aniqlashda autosomalar bilan jinsiy xromosomalarning nisbati hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.Shunga ko’ra 2X : 2A genotipli organizm urg’ochi,1X : 2A li esa erkak,2X : 3A erkak bilan urg’ochi o’rtasida oraliq- interseks bo’ladi.Binobarin,K.Bridjes gipotezasi bo’yicha drozofilada erkak jinsini Y xromosoma emas,balki X jinsiy xromosoma soniga nisbatan autosomalar sonining ko’pchiligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
Martin gipotezasiga ko’ra spermatazoidlar orasida “Quyon” Y spermatazoidlar va “Toshbaqa” X spermatozoidlarga qaraganda faolroqdirlar, biroq tezda nobud bo’ladilar. Agar tuxum hujaira urug’lanishga tayyor bo’lsa,u holda uni avval Y xromosomali spermatozoid urug’lantiradi. Mabodo tayyor bo’lmasa, uni X xromosomali spermatozoid urug’lantiradi.
Ingliz genetigi Jeymsning uqtirishicha qiz yoki o’g’il bola tug’ilishi ota ona tanasidagi gormonlarning o’zgarishiga bog’liq.Agar ota va ona tanasida testosteron va esterogen gormoni ortib ketsa o’g’il, gonadotropin gormoni ortsa qiz tug’iladi.
Garvard universiteti olimlari Triversom va Villiarttaxminicha sutemizuvchilarda jinslar nisbatini moslanish mexanizmlari bilan tushuntirish mumkin. Agar chatishtirishda qatnashgan urg’ochi jins kuchsizroq bo’lsa,kelgusida urg’ochi jinsi tug’iladi, urg’ochi jins kuchli bo’lsa,kelgusida erkak jinsi tug’iladi.
Fransiyalik Lorren va Stolkovskiylar jinsni rejalashtirish usulini taklif qildilar.Ularning fikriga binoan agar ayol o’g’il ko’rishni ixtiyor etgan bo’lsa, homiladorlik boshlanishidan oldin 6 hafta mobaynida achchiq, Na va K ga boy sho’r ovqatlar, agar qiz tug’ilishini hohlasa aksincha,sutli va Ca , Mg ga boy ozuqalarni iste’mol qilishi kerak.Qizli ayol o’g’illi bo’lmoqchi bo’lsa, yuqoridagi parxezni 3-4 oy davom ettirishi lozim.