O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA”LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI Ro‘yxatga olindi: “TASDIQLAYMAN” № ______
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
2023-yil “ ____” __________ v.v.b.: __________S.R.Aliyev
2023-yil “ ____ ” __________
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI Bilim sohasi: 300 000 - Ishlab chiqarish- texnik soha
Ta’lim sohasi:
310 000- Muhandislik ishi
Ta’lim yo‘nalishi:
5320100 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
Umumiy o‘quv soati
88 soat
7-semestr
Shu jumladan :
Ma’ruza mashg‘ulotlari
24 soat
24 soat
Amaliy mashg‘ulotlar
12 soat
12 soat
Laboratoriya mashg‘ulotlari
12 soat
12 soat
Mustaqil ta’lim
40 soat
40 soat
Andijon-2023 Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 - yil 4 - oktyabrdagi 892 -sonli buyrug‘ining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Hayot faoliyati xavfsizligi fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Andijon mashinasozlik instituti O‘quv-uslubiy Kengashining 2023-yil “___” ______________ dagi “___” - sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchi: R.Qurbonova - Andijon mashinasozlik instituti “Mehnat muhofazasi” kafedrasi assistenti.
Taqrizchilar: 1.O.Toshtemirov Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik;
2.A.Abduraxmonov – Andijon mashinasozlik instituti “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti, t. f. n.
O‘quv - uslubiy bo‘lim
boshlig‘i: A.Axmedov
2023 - yil “_____”____________
“Transport va logistika“ fakulteti
dеkani: A.Raximov.
2023 - yil “_____”____________
“Mehnat muhofazasi“
kafеdrasi mudiri: N.Qobulova.
2023 - yil “_____”____________
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni. Ushbu dastur fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiyiqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va hududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta’siri masalalarini qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiena me’yor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuviga olib keladi.
Davlatlar o‘rtasida insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro‘y berishi, insoniyat tomonidan qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va vositalar ko‘plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog‘lig‘iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari dolzarb o‘rin olgan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” (HFX) fani o‘rganadi.