Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   234
hozirgi ozbek tili

 
Mantiqiy mushohada uchun 


Ma’ruza matnlari.  
 
62 
1. 
Metall so‘ziga -lar qo‘shimchasi qo‘shilsa, nega uchta l talaffuz qilinmaydi? 
2. 
Ba’zi  mutaxassislar  o‘zbek  tilidagi  [f]  tovushini  o‘zlashma  deyishadi.  Uning  o‘zlashma 
emasligini kechasi o‘chgan elektr chirog‘i yonishi vaqtidagi holat bilan qanday asoslash mumkin?  
3. 
Unlilar og‘iz bo‘shlig‘ida uchramaydi. Bu hukmda qanday ilmiy va mantiqiy xatolik mavjud? 
 
 
1. Fonetika va fonologiyaning farqlanish asosi. Lisoniy sathlar sirasida 
fonetika nutqning eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun 
moddiy asos bo‘luvchi birliklarini beradigan sath sifatida ajralib turadi. 
Insonning  nutq  faoliyati  sezgi  a’zolari  asosida  his  qilinuvchi  nutq 
birliklari ― tovush yoki tovushlar sistemasi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq 
tovushi  o‘zida  uch  jihatni  birlashtirgan  murakkab  nutqiy  birlik  sifatida 
namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar: 
a)  talaffuz  a’zolari  bilan  boshqariladigan  markaziy  nerv  sistemasi 
mahsuli (fiziologik jihat); 
b)  tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (akustik jihat); 
d)  kishilarning  axborot  uzatish,  kommunikatsiya  vositasi  (funksional, 
sotsial, lisoniy jihat). 
Nutq  tovushining  haqiqiy  va  muhim  jihati  –  uning  funksional  aspekti. 
Tilshunoslikda  aytilgan  uch  jihatni  yaxlitlikda  o‘rganish  yoki  ajratgan  holda 
tadqiq  qilish  masalasida  bir  xillik  yo‘q.  Ba’zi  mutaxassislar  nutq  tovushining 
fiziologik  tomoni  biologiya,  akustik  jihati  fizika  fanining  o‘rganish  predmeti 
bo‘lib, tilshunos uning faqat funksional tomoninigina tekshirishi lozim degan 
fikrni  ilgari  surishsa,  ayrimlari  har  uchala  jihat  bir-biridan  ajralmas,  ularni 
yaxlitlikda  o‘rganmoq  kerak  degan  qarash  tarafdori.  Ana  shu  ikki  xil  qarash 
kurashi natijasida tilshunoslikda ikki – fonetika va fonologiya sohalari ajraldi. 
Natijada  fonetika  nutqiy  variant  (nutq  tovushi)ni,  fonologiya  esa  lisoniy 
invariant  (fonema)ni  tadqiq  qilish  bilan  mashg‘ul  bo‘ladigan  bo‘ldi.  Biz 
“Hozirgi  o‘zbek  tili”  kursida  tilning  lisoniy  strukturasini  o‘rganishimiz 
zarurligi tufayli tahsil obyektimiz fonema bo‘ladi. 
Fonetika termini grek tilidan tarqalgan bo‘lib, “fonetikos” – “tovushga oid” 
degan  ma’noni  bildiradi.  Fonetika  inson  nutqi  tovushlari  va  tovushlar 
talaffuziga bog‘liq har xil masalalar bilan shug‘ullanadi.  
Har bir tilning tovushlar tizimi o‘ziga xos. Ammo xalqlar til nazariyalarini 
bir-birlaridan  o‘zlashtiradilar.  Ana  shunda  katta  muammo  va  chalkashliklar 
paydo  bo‘ladi.  Bu  muammo  bir  til  qurilishi  asosida  yaratilgan  nazariyalar 
asosida  boshqa  til  hodisalari  ham  baholana  boshlashida  namoyon  bo‘ladi. 
Natijada  keyingi  tilning  xususiyatlari  oldingi  tilga  xos  ilmiy  stereotiplar 
asosida tahlil qilinadi va tilning haqiqiy xususiyatlari e’tibordan chetda qoladi. 
Bu  holat  tillar  tadqiqida  alohida  e’tiborga  olinishi  kerak  bo‘lgan  “lingvistik 
kasallik” dir. Fonetika ham bu “kasallik”dan xoli emas.  

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin