Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   234
hozirgi ozbek tili

 
Demagogiya 
Demagog  atamasi  (gr.  demagogos)  so‘zma-so‘z  tarjima  qilinganda  “xalq  yo‘lboshchisi”,  “xalq 
yetakchisi”  degan  ma’nolarni  anglatadi.  So‘z  Afina  demokratiyasi  zamonlarida  paydo  bo‘lgan.  Bu  davrda 
siyosat  oshkora  yuritilar  –  siyosiy  masalalar  xalq  majlislarida  ommaviy  muhokama  qilinar  edi.  Shuning  
uchun Afinada siyosatchi  (demagog)lar  notiqlik san’atini puxta egallagan, ommaviy yig‘inlarda  qizg‘in nutq 
so‘zlaydigan kishilar bo‘lishar edi. Afinada og‘ir sharoit, siyosiy inqiroz hukm surgan paytlarda demagoglar 
o‘zlarining so‘z qo‘llash mahoratlarini ishga solib, jazavaga tushgan olomonni, garchi bu davlat manfaatlariga 
butkul  zid  bo‘lsa  ham,  o‘z  fikrlariga  ishontirib,  orqalaridan  ergashtirishar  edi.  Omma  demagoglarning 
qutqusiga  uchib,  hatto  mamalakatni  inqiroz  holatidan  chiqarishga  qodir  buyuk  mutafakkirlari  bo‘lmish 
Protagor, Suqrot, kichik Perikl kabi daholarini ham qatl qilishgan edi. Bunday voqealardan keyin odamlar o‘z 
manfaatlari  yo‘lida  hatto  davlatga  ziyon  yetkazishdan  ham  toymaydigan  notiqlarni  demagoglar  deb  atay 
boshlashdi.  Shu  tariqa  demagogiya  atamasi  “tuturuqsiz  siyosatdon”,  “shuhratparast”  degan  ma’nolarga  ega 
bo‘lib qoldi.  
Demagogiya  –  vaziyat  va  sharoit  nuqtai  nazaridan  o‘rinsiz  bo‘lsa-da,  xuddi  to‘g‘ridek  tuyuldigan 
fikrlarni ko‘tarinki, balandparvoz, obrazli ifodalarni qo‘llash bilan bayon etishdir. Demagogiya bugungi kunda 
masalaning  oqilona  yechimi  yo‘lidan  bormay,  tinglovchilarning  hissiyotlarini  junbushga  keltirish  (ko‘proq 
qo‘rquv va nafrat uyg‘otish) mazmunida tushuniladi. Demagogiya – noo‘rin, balandparvoz va havoyi notiqlik. 
U ommaning sog‘lom fikrini chalg‘itishning eng eski va keng tarqalgan usuli
 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin