UMISning takrorligi va AHVOning betakrorligi. “Umuman kitob” UMISi
har bir kitob AHVOsida yuzaga chiqaveradi. Borliqda qancha AHVO bo‘lsa
ham, har birida UMIS o‘zining bir qirrasini namoyon qilaveradi. Lekin AHVO
sifatidagi muayyan kitoblar takrorlanmaydi. Deylik, yoqib yuborilgan bir
kitobni qayta tiklashning iloji yo‘q. Ammo qancha kitobyoqilgani-yu nashr
etilgani bilan umuman kitob UMISi o‘zgarmasdan turaveradi. Demak, UMIS –
barqaror, AHVO – o‘tkinchi.
UMISning chekliligi va AHVOning cheksizligi. Ongimizda UMIS sifatida
“umuman kitob” bitta. Ammo kitob AHVOlari cheksiz. Shu kungacha mavjud
bo‘lgan va kelajakda yozilib, nashr etiladigankitoblar sonini tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Ammo UMIS bittaligicha turaveradi.UMIS va AHVO munosabati
falsafada substansiya va aksidensiya, tasavvufda zot va tajalli sifatida qaraladi
(zot va tajalli munosabati haqidagi batafsil ma’lumotni tasavvufga doir ilmiy
va badiiy manbalardan olishingiz mumkin. Masalan, Navoiy Haqni zot,
borliqni uning tajallisi sifatida qaraydi).