Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   234
hozirgi ozbek tili

 
Mustaqil o‘qish uchun 
Lisoniy strukturaning mukammal talqini 
Sharq (jumladan, arab / islom) lingvistik an’anasi va ilk taraqqiyot bosqichlarida deskriptiv 
lingvistika  (Amerika  strukturalizmi)  dan  mantiqiy  va  lingvistik  hodisalarni  farqlashda  izchillik 
ancha  kuchli  edi  –  mantiq  –  hodisaning  mazmun  tomoniga,  grammatika  esa  –  asosan,  shakl 
tomoniga  tayanib  ish  ko‘rardi.  Masalan,  o‘rta  asr  arab  va  qadimgi  hind  lingvistik  an’anasiga 
tayanib  tuzilgan  tavsiflar,  odatda,  hajman  kichik  va  ixcham  bo‘lib,  asosan,  shakllar  paradigma 
(arablarda  ixcham  jadvallardan,  hindlarda  “sutr”  –  nazmga  solingan  qoida)  laridan  iborat  edi. 


Ma’ruza matnlari.  
 
95 
Bunday  jadvallarda  butun  til  nozikliklarini,  qoida  va  mustasnolarni  berishda  qadimgi  hindlar 
ham, o‘rta asr islom tilshunoslari ham shu darajada mahorat kasb etishgan edilarki, eramizdan 
oldingi  davrlarda  Panini  tomonidan  tuzilgan  va  hozirgi  o‘lchovlarda  varaq  sathi  1/8  (0.25 
foliant), soni 100 sahifa atrofida bo‘lgan “Sanskrit grammatikasi” Frans Bopp e’tirofiga ko‘ra, “u 
(Bopp)  ning  grammatikasidan  mukammalroq  va  tugalroq  bo‘lgan.”  Vaholanki,  F.Boppning 
“Sanskrit tili grammatikasi” foliantlardan iborat har biri kamida 200 betli besh jilddan iborat edi. 
Shuning uchun XIX asrda O‘rxun yozuvi sirini (deshifrovka qilib) ochgan, turk runik alifbosining 
birinchi  ko‘rinishi  kaliti  va  sharhini  tayyorlagan  daniyalik  tilshunos  Vilhelm  Tomsen  (1842-
1927) “Tilshunoslik tarixi” kitobida Panini grammatikasi haqida shunday yozadi: “Hozirgi lotin 
harflari bilan berilganda 75-100 betlik risola hajmida bo‘ladigan Paninining asari shu kungacha 
jonli  va  o‘lik  tillar  tafsifi  bo‘yicha  yaratilgan  grammatikalar  ichida  eng  mufassali  va  to‘lig‘idir.” 
Albatta, daniyalik buyuk tilshunosning bahosi mubolag‘ali, lekin, bejiz va asossiz ham emas.  
Arab  lingvistik  tavsiflari  mukammalligining  yorqin  belgisi  shuki,  XX  asrda  Yevropada 
yaratilgan arab tili grammatikalari (jumladan, Karl Brokkelmann va N.V.Yushmanov asarlari) da 
o‘rta asrlarda tuzilgan shunday jadvallardan keng foydlaniladi. 
Arab  va  hind  tilshunosliklarining  yutuqlari  va  hozirgi  grammatik  talqinlarning 
munozaraliligi,  xususan  bunda  –  arab  va  hindlarda  tasnif  va  tahlil  asosining  bittaligi  (faqat 
shaklga  tayanishi)  va  hozirgi  grammatik  talqinlarda  uning  ikkitaligi  (shakl  va  mazmunga 
tayanishi)  da  bo‘lishi  ham  mumkin.  Shuning  uchun  zamonaviy  tilshunoslikda  goh  mazmun 
(vazifa), goh shakl omilini birinchi o‘ringa qo‘yuvchi yo‘nalish va oqimlar shakllanib va rivojlanib 
turadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin