– boshog‘riq, belning bog‘i – belbog‘ misollarini ko‘rsatish mumkin.
E’tibor qilinsa, ixtisoslashish faqat ma’no tomondan bo‘lsa, soddalashish
ham ma’no, ham shaklga tegishli hodisadir.
4. Tublashgan leksema. Tublashgan leksemashunday leksemalashgan
yasama so‘zki, ularning yasalishini, tarkibini etimologik ma’lumotsiz aniqlab
bo‘lmaydi. Masalan, sin fe’lining o‘zagi si,tingla fe’lining o‘zagi ding,to‘q so‘zi
o‘zagining to‘ ekanligini til tarixi bo‘yicha chuqur ma’lumotga ega bo‘lmasdan
bilib bo‘lmaydi. Tublashgan leksemalarning tarkibini aniqlash chuqur
etimologik tadqiqotlarni taqozo etadi. O‘zbek tilidagi aksariyat leksemalar
tublashgan leksemalardir. Tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra, o‘zbek tilida
bor-yo‘g‘i 150 tacha sof tub turkiy leksema mavjud. Boshqa leksemalar bir
paytlar ma’lum bir qoliplar asosida yasalib, davr o‘tishi bilan tublashib ketgan.
Demak, ma’lum bo‘ladiki, tildaleksema yasash hodisasi yo‘q. Balki
yasama so‘zning, nutqiy hosilaning lisoniylashuvi, leksemalashuvi mavjud.