TIL BIRLIKLARI Reja: 1. Fonema va tovush.
2. Leksema va so‘z.
3. Morfema va qo‘shimcha.
4. Qolip va hosila.
Kalit tushunchalar til, lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, UMIS, AHVO O‘zlashtiriladigan tushunchalar fonema, tovush, morfema, qo‘shimcha, leksema, so‘z, qolip, hosila Til lison va nutqdan iborat bo‘lganligi sababli lisoniy va nutqiy sath
birliklarini umumlashtirib, til birliklari deyish mumkin. Fonema, tovush,
morfema, qo‘shimcha, leksema, so‘z, qolip, hosila til birliklaridir.
1. Fonema va tovush.Fonema – eng kichik lisoniy birlik. “Ma’no farqlash”
vazifasini fonemaning mazmuniy jihati deyish mumkin. Demak, fonemaning
ma’no farqlashi deganda, turli fonemalarning nutqiy ko‘rinishlari bo‘lgan nutq
tovushlarning ma’no farqlashi tushuniladi. Boshqacha aytganda, fonema
o‘zining nutqiy ko‘rinishi bo‘lgan nutq tovushlari vositasida ma’no
farqlaydi.Fonema muayyan til egalarining bir turdagi tovushlar (masalan,
nutqdagi ko‘plab а tovushlari) haqidagi umumiy tasavvuridir. Fonema ongda
yakka holda, ajralgan tarzda mavjud bo‘ladi. Ya’ni, masalan, [a] fonemasi hech
qachon boshqa fonema bilan birikkan holda bo‘lishi mumkin emas. Har bir
fonema so‘zlovchilar ongida bir turdagi tovushlarning umumiy“akustik-
artikulyatsion portreti” yoki “tovushlar obrazi” sifatida saqlanadi.
O‘zbek tilida so‘zlovchi shaxslar ongida tovushlarning 30 ta tipi – fonema
haqida ma’lumot bor.
Фонеманинг нутқда воқеланиши товушдир. Нутқдаги барча тил
бирликлари таркибидаги овозли тил ҳодисаси нутқ товуши
ҳисобланади.
Tabiatdagi tovushlar uch xil: fizik, biologik va nutq tovushi. Fizik tovush
jonli va jonsiz mavjudotning barchasiga xos, u havoning siqilishidan hosil
bo‘ladi. Biologik tovush jonli mavjudotga xos va tiriklik bеlgisidan biri. Hayvon
va parrandaning ovozi, kishining gap hosil qilmaydigan tovushlari: qiyqiriq,
xurrak, kulgi, yig‘i ovozi.
Nutq tovushi faqat insonga xos bo‘lib, uch xil xususiyati bor: