4. Qolip va hosila. Lisoniy birlikning navbatdagi turi qolip deyiladi. Qolip
deganda yasama so‘z, so‘z birikmasi va gaplar hosil qilishning ongdagi
sxemalari tushuniladi. Bu sxemalar til jamiyati a’zolarining lisoniy birliklarni
nutqda biriktirib voqelantirish malakalari sifatida yuzaga chiqadi. Grammatik
qonuniyat va qoidalar faqat qoliplarda amal qiladi. Qolipdan tashqarida
sintaktik aloqa haqida gap bo‘lishi hm mumkin emas. Masalan, leksema faqat
qolipda grammatik jihatdan shakllanadi.
Qoliplar ikki xil bo‘ladi:
a) so‘z yasash qolipi;
b) sintaktik (so‘z birikmasi va gap hosil qilish) qolip.
So‘z yasash qolipidan kam foydalanamiz. Chunki biz har doim ham so‘z
yasayvermaymiz.
Qolip ham boshqa lisoniy birliklar kabi UMIS tabiatli bo‘ladi. Masalan,
nutqdagi cheksiz yasama so‘z (masalan, sutchi, nisholdachi kabi bitta,
bevosita kuzatishda berilmagan lisoniy birlik (masalan, [narsa/buyum oti +