Ma’ruza matnlari.
27
kerak. Ikkinchidan, so‘z ushbu ma’nosi bilan boshqa grammatik shakllarni o‘ziga biriktira olishi
kerak. Masalan, qo‘lim so‘zi qo‘l+im tarkibiy qismlarga –im qo‘shimchasi oyog‘im, qulog‘im,
tirnog‘im, barmog‘im, sochim, kitobim kabi so‘zlarda
uchraganligi uchungina emas, balki qo‘l so‘zi
qo‘llar, qo‘lni, qo‘l bilan, qo‘ldek kabi so‘zlarga asos bo‘lganligi uchun ham ajratiladi.
Agar bu asoslardan biri bo‘lmasa ham, so‘z tarkibiy qismlarga ajralmaydi. Masalan, shilqim
so‘zidagi –im qo‘shimchasi qo‘lim so‘zidagi –im qo‘shimchasining vazifasini bajarmaydi.
Bitta grammatik shakl birgina so‘zga, bir so‘z birgina gammatik shaklga ega bo‘la olmaydi.
Olim tilning sistema ekanligini shunday asoslaydi.
O‘tgan asrning 20-yillarida tilning sistema ekanligini asoslashda bunday yondashuvlar kam
uchraydigan holatlardan edi. Shuning uchun u o‘z davrida eng dong taratgan fikrlardan edi.
Dostları ilə paylaş: