Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


grammema, grammemaning nutqiy voqelanishi grammatik ma’no



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   234
hozirgi ozbek tili

grammema, grammemaning nutqiy voqelanishi grammatik ma’no deyiladi. 
Masalan,  [–ni]  tushum  kelishigi  morfemasining  grammemasi  –  “oldingi 
mustaqil so‘zni keyingi fe’lga tobelash” lisoniy sathda mavjud. Bu morfema 
nutqdagi Kitobni o‘qidim gapida qo‘shimcha sifatida voqelangan bo‘lib, uning 
mazmuniy  tomoni  –  “oldingi  kitob  so‘zini  keyingi  o‘qidim  so‘ziga  tobelash” 
grammatik ma’nosidir. 
Lisoniy  sathda  so‘z  yasovchi  (derivatsion)  morfemalar  va  grammatik 
morfemalar  guruhi  mavjud.  Ularning  nutqdagi  ko‘rinishlari  lison  va  nutq 
bo‘linishiga  mos  ravishda  so‘z  yasovchi  qo‘shimcha  va  grammatik 
qo‘shimcha deb nomlanadi.  
 
Mustaqil o‘qish uchun 
Yana tilning sistemaviyligi haqida 
Rus tilshunosi Dmitriy Nikolayevich Ushakov “Til haqidagi fanga qisqacha kirish” kitobida 
yozishicha, so‘z leksik va grammatik qismlarga bo‘linishi uchun ikki talabga javob berishi kerak. 
Birinchidan,  grammatik  qism  ushbu  ma’nosi  bilan  boshqa  so‘zlarga  ham  qo‘shilib  kelaverishi 


Ma’ruza matnlari.  
 
27 
kerak. Ikkinchidan, so‘z ushbu ma’nosi bilan boshqa grammatik shakllarni o‘ziga biriktira olishi 
kerak.  Masalan,  qo‘lim  so‘zi  qo‘l+im  tarkibiy  qismlarga  –im  qo‘shimchasi  oyog‘im,  qulog‘im, 
tirnog‘im, barmog‘im, sochim, kitobim kabi so‘zlarda uchraganligi uchungina emas, balki qo‘l so‘zi 
qo‘llar, qo‘lni, qo‘l bilan, qo‘ldek kabi so‘zlarga asos bo‘lganligi uchun ham ajratiladi. 
Agar bu asoslardan biri bo‘lmasa ham, so‘z tarkibiy qismlarga ajralmaydi. Masalan, shilqim 
so‘zidagi –im qo‘shimchasi qo‘lim so‘zidagi –im qo‘shimchasining vazifasini bajarmaydi.  
Bitta grammatik shakl birgina so‘zga, bir so‘z birgina gammatik shaklga ega bo‘la olmaydi. 
Olim tilning sistema ekanligini shunday asoslaydi. 
O‘tgan asrning 20-yillarida tilning sistema ekanligini asoslashda bunday yondashuvlar kam 
uchraydigan holatlardan edi. Shuning uchun u o‘z davrida eng dong taratgan fikrlardan edi.
 
 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin