Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə36/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Madagaskar. Madagaskar Afrika qirg’oqlari yaqinidagi yirik orol bo’lib, Yer sharidagi eng yirik orollardan biridir. Maydoni 587 041 km2. Madagaskardan shimol va sharqda ko’pdan-ko’p mayda orollar (Komor, Maskaren orollari va boshqalar) mavjud. Madagaskar janubiy yarimshardagi materiklar bilan birgalikda qadimgi Gondvana materigi tarkibiga kirgan. Hozir esa Afrika platformasining bir qismi bo’lib, materikdan mezozoy erasida ajralib chiqqan. Shuning uchun ham orolning rel’efi va iqlim sharoiti ko’p jihatdan materikning qo’shni qismlariga o’xshaydi. Madagaskar rel’efi sharqida baland Markaziy plato shimoldan janubga tomon cho’zilgan. Bu plato g’arbga keng yotiq zinalar hosil qilib pasayib boradi va pastekislikdan iborat sharqiy sohilning kambar platosiga tik jarliklar hosil qilib tushadi. Markaziy plato kristalli jinslar gneyslar, granitlar va slaneslardan tarkib topgan. Plato yuzasi balandligi 1700-2000 m bo’lgan qadimgi peneplen bo’lib, unda ayrim qoldiq qirlar va lavalar bilan qoplangan vulkan cho’qqilari uchraydi; ulardan eng balandi-Saratanana (2880 m) orolning shimolida, orolda vulkan faoliyati hozirgacha so’nmagan.
G’arbda plato Mozambik bo’g’izi sohilidagi sertepa keng pastekislikka tomon asta-sekin pasaya boradi. Bu yer bo’r va kaynozoy dengiz yotqiziqlaridan tarkib topgan bo’lib, tuzilishi Afrikaning Mozambik pastekisligiga o’xshaydi. Sohilni qoplagan to’rtlamchi davr qumlari baland dyunalarini hosil qilgan. Madagaskarda foydali qazilmalardan kristalli slanes orasida uchraydigan grafit konlari mashhur. Shu jinslar orasida oltinning katta zahiralari mfvjud. Nikel, mis, qo’rg’oshin, radiaktiv metallar va xilma-xil javohirlar granitlar orasida uchraydi. Ba’zi bir joylarda kristalli jinslarning laterit nurash po’sti orasida boksit va xilma-xil temir birikmalari uchraydi.
Madagaskar iqlimi tropik iqlim bo’lib, pastekisliklarda yil bo’yi issiq bo’lsa, baland platolarda mo’tadil. Orolning katta qismiga yog’inning asosiy qismini Hind okeanidan esadigan janubi-sharqiy passatlar va shimoli-sharqiy mussonlar olib keladi. Sharqiy sohilda va platolarning okeanga qaragan yonbag’irlarida yomg’ir yil bo’yi bir tekisda yog’adi va yillik yog’in miqdori 3000 mm ga yetadi. Shu bilan birgalikda havo issiq bo’lib, oylik o’rtacha harorat +20° dan +27°S ga yetadi. Platolarda yog’in bir oz kamroq yog’adi, shunda ham yog’in miqdori 1500 mm dan kam emas. Tananariveda 1400 m balandlikda yanvarning o’rtacha harorati +20°S dan past, iyulning o’rtacha harorati +12+13°S. Orolning sharqiy qismida namlik ortiqcha bo’lsa, g’arbiy va janubi-g’arbiy qismida namlik yetishmaydi. Platoning g’arbiy yonbag’irlarida quruq davr uzoq davom etadi va yog’in miqdori 500-1000 mm, sernam havo oqimlari kirib kela olmaydigan chekka janubi-g’arbda yiliga 400 mm dan kam yog’in yog’adi va eng issiq oyning o’rtacha harorati + 33° ga yetadi.
Madagaskarning eng yirik daryolari Markaziy platodan boshlanib, Mozambik bo’g’iziga quyiladi. Daryolar tekislikda sokin oqsa, platoning g’arbga tomon pasayib boradigan jarliklarini kesib o’tadigan joylarda ostonalar hosil bo’lgan. Daryolar rejimning bir tekisda emasligi kemachilikka halaqit beradi, chunki ba’zi bir daryolar qurg’oqchil davrda butunlay qurib qoladi. Shuning uchun ham eng yirik daryolardan ham (Onilaxi va boshqalar) mahalliy kemachilikda foydalaniladi. Markaziy platoning sharqiy yonbag’ridan qisqa, sersuv va serostona daryolar kesib o’tadi.
Madagaskar orolining organik dunyosida Afrika elementlari bilan birgalikda Janubiy Osiyo va mahalliy elementlar, ya’ni orol quruqlikning boshqa qismlaridan ajralib qolganidan keyin tarkib topgan elementlar uchraydi. Madagaskar orolining flora va faunasi ham atrofdagi materiklardagiga nisbatan kambag’al, bu esa orolning bo’linib ketganiga uzoq davr bo’lganligini ko’rsatadi. Madagaskarning o’ziga xosligi shu darajadaki, biogeograflar uni maxsus kenja oblast deb, ba’zi zoologlar hatto Madagaskar zoogeografik oblasti deb ajratadilar.
Orol florasi endemiklarning ko’pligi bilan farq qiladi (3000 o’simlik turi endemik). Ikkinchi tomondan, unda Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika bilan umumiy bo’lgan ba’zi bir elementlar uchraydi. Masalan, sayyohlar daraxti - ravenal turlari faqat Janubiy Amerika bilan Madagaskar orolida uchraydi.
Madagaskarning janubi-g’arbiy quruq chekkasi tipik chala cho’l landshaftiga ega. Quruq qizg’ish tuproqli yerlarda past bo’yli sertikan butalar va dag’al o’tlar o’sadi. Aloe va xilma-xil piyozboshlilar ayniqsa ko’p. Madagaskar faunasi tarkibiga
orolda tuyoqlilar deyarli uchramaydi, yirtqichlar, chinakam maymunlar, zaharli ilonlar umuman yo’q. Buning o’rniga chala maymunlar yoki lemurlar (35 turi) keng tarqalgan. Yer sharining boshqa qismlarida bu hayvon umuman yo’q yoki uning bir- ikkigina turi bor. Ana shu kichik hayvonlar orolning hamma joyida, yani qalin tropik o’rmonlarda, sharqiy sohildagi bambukzorlarda va baland platolarda ham uchraydi.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin