Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə45/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Sharqiy Avstraliya. Bu o’lkaga Katta suvayirg’ich tizma va materikning sharqiy sohillari kiradi. O’lkada tektonik va erozion yoriqlar tog’larni alohida massivlarga bo’lib yuborgan. Bu tog’lar sharqiy sohilda eng baland (1600 m) ko’tarilgan va cohilga tik tushib turadi. Ulardan eng baland - Kosyushko 2228 m ga ko’tarilgan. Sharqiy Avstraliyaning tabiiy sharoiti o’lkaning shimoldan janubga uzoq masofaga cho’zilganligi va tog’ rel’efiga bog’liq. Shimolda va sohilning o’zida harorat yil davomida ko’p o’zgarmaydi: iyulning o’rtacha harorati +18°S ga yaqin, yanvarning o’rtacha harorati esa +20°S. Tog’larda eng sovuq oyning o’rtacha harorat -10°S ga tushadi. Tog’larda o’simliklardan evkaliptlar, igna bargli daraxtlar, tog’larning yuqori qismida passat o’rmonlari o’sadi. Tog’larda turli xil qopchiqlilardan olmaxon, kaktus, daraxtda yashovchi kenguru va qush turlari xarakterlidir.
Janubi - Sharq. Materikning janubi sharqida Avstraliyaning asosiy tog’ tizimi kenglik bo’ylab cho’zilgan qismlari kiritilib, ular Viktoriya tog’lari deb ataladi. Janubiy tog’ tizimalari Port - Fillip qo’ltig’i shimol tomondan o’rab turadi va asosiy qismi tog’lik va pastekisliklardan iborat. Janubi Sharqiy Avstraliya subtropik iqlim mintaqasida joylashganligidan tabiiy sharoitiga ko’ra sanoat va qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun eng qulay va mamlakatning aholisi eng zich joylashgan o’lkasidir. Yog’inlar sharq va g’arbdan ham keladi, lekin ularning asosiy qismi tog’ yonbag’rlarga, ayniqsa janubi-sharqiy qismida ko’p yog’adi. Haroratining nisbatan bir tekis bo’lishi iyulda +15°+100 S, yanvarda +150+20°S janubdan sovuq havo massalariningy kirib kelishi bilan o’zgaradi, janubdan keladigan shamollar qishda haroratning 0°S dan pastga tushishiga sabab bo’ladi.
Markaziy tekislik. Avstraliya materigining bu eng past qismi juda katta paleozoy sinklizasiga va unga tutashib turgan katta paleozoy sinklizasi hamda
kembriy davrigacha bo’lgan strukturalarining cho’kkan qismiga to’g’ri keladi. Eyr- Nord ko’li soyligi Avstraliyaning eng past yeri bo’lib, u -16 m ga yetadi. Markaziy tekislik iqlimi kontinental va quruq qurg’oqchilik g’arbga tomon ortib boradi. Eyr- Nord ko’li sohillarida yog’in kam yog’adi, u yerda yillik yog’in miqdori 120 mm dan oshmaydigan, qurg’oqchilik davr 250 kundan ham ko’p davom etadigan joylar bor. O’lkaning sharq va janubiga tomon yog’in miqdori 500 mm ga ortadi. Shimol va janub haroratidagi farqlar yozdagiga nisbatan qishda katta bo’ladi. Qishda shimolda o’rtacha harorat +180+200, janubda +80+10°S bo’lgani holda, yozda hamma joyda bir xil +280+29°S bo’ladi. Eyr-Nord ko’li sohillari va undan shimol va g’arbidagi yerlar dyuna rel’efli cho’llaridan iborat. O’lkada ayniqsa, uning eng kam o’zlashtirilgan shimoliy qismida yovvoyi hayvonlar saqlanib qolgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin