Qisasi Rabg'uziy-turkiy tilda bitilgan bo'lib,u e'tiborli mo'g'ul beklaridan Nosiruddin To'qbo'g'aning "O'qimoqg'a keraklik,og'ranmakka yarog'lik" payg'ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berish iltimosiga ko'ra,hijriy 709 (milodiy 1309-1310) yilda Burhoniddin Rabgʻuziy tomonidan yozilgan bo'lib,jami 72 qissadan iborat iborat.Bu qissalar asosini tarixiy-ilohiy voqealarni tashkil etib,ularga xalq og'zaki ijodining latifa janriga xos bo'lgan belgilar ham ko'chib o'tgan."Qissasi Rabg'uziy" asarining oxirida qissasi Muhammad alayhisalom va u zotning oilasi,avlodlari haqidadir.
Asarda muallif To'qbug'ani ".....yigitlar arig'i (poki),ulug' otlig',qutlug' zotlig',ezgu xulqlig',islom yo'rig'lig',odamiylar inonchi,mo'minlar quvonchi,himmati adiz (yuksak),aqli tengsiz beg....." deya ta'riflagan.
Asardagi qissalarda Shish,Muso,Iso,Sulaymon,Nuh,Dovud,Muhammad kabi payg'ambarlar,Xorut va Morut farishtalar Qobil va Xobil kabi shaxslar jami (33 payg'ambar,4 xalifa,7 tarixiy shaxs) va boshqalar haqida turli tuman voqealar bayon qilingan.
Asarning yaratilish tarixi
Sharqda bu mavzuda "Qisas ul-anbiyo"(Payg'ambarlar qissasi) nomi bilan mashhur ko'plab asarlar yaratilgan.Lekin asarda yozilishicha,ularning "ba'zisi mustaqim(haqiqiy) bor,ba'zisi nomustaqim.Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar(puxta,tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor".Shuning uchun ham bek To'qbo'g'a adibdan "o'qimoqg'a keraklik,o'granmakka yarog'liq" payg'ambarlar qissalaridan iborat asr yozib berishini so'ragan ekan.Ulkan salohiyat,katta mahorat bilan ushbu vazifani uddalagan adibning asari "Qissasi Rabg'uziy","Qisas ul-anbiyoyi turkiy" nomlari bilan shuhrat topgan.
Asosan payg’ambarlar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning o’ziga xos yaratilish tarixi bor. Musulmon Sharqida bu mavzuda “Qisas ul-anbiyo” (“Payg’ambarlar qissasi”) nomi bilan mashhur ko’plab asarlar yaratilgan. Lekin, asarda yozilishicha, ularning “bazisi mustaqim (to’g’ri, haqiqiy) bor, bazisi nomustaqim. Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar (puxta, tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor. Shuning uchun ham bek To’qbo’g’a adibdan “o’qimoqg’a keraklik, o’rganmakka yarog’liq” payg’ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishini so’ragan edi. Mazkur vazifani ulkan salohiyat, katta mahorat bilan uddalagan adibning asari “Qissasi Rabg’uziy” yoki “Qisas ul-anbiyoi turkiy” nomi bilan shuhrat topdi va yaratilgandan to bugungi kungacha sevilib o’qib kelinmoqda. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, ba’zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur’oni karimdagi ba’zi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Is’hoq Nishopuriyning «Qisas ul-anbiyo»sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi, so‘ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma’lumot beruvchi qisqa so‘zboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Qissalar hajmi turlicha: Masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat.
Qissaning XV asrga oid qo‘lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, XVI asrda ko‘chirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, XIX asrda ko‘chirilgan qo‘lyozma, shuningdek, bosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Qadimiy turkiy tilni o‘zida ifoda etgan bebaho durdona ikki kitobdan iboratdir. Sobiq sovetlar davrida hayoti va ijodi o‘rganilishi taqiqlangan allomaning ushbu asari mustaqillik sharofati va tariximizga munosabat o‘zgarganligi tufayli darsliklardan o‘rin oldi. Masalan, 9-sinf adabiyoti majmuasiga Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning mashhur asarlaridan namunalar kiritilgani buning isbotidir. Asarning eng qadimiy qo‘lyozmasi XV asrda ko‘chirilgan bo‘lib, u Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Ushbu nusxaning faksimelisi mashhur matnshunos K.