Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: bayon matni.
VI. Dars turi:_________________________________________ VII. Dars usuli:_______________________________________ VIII.Darsning borishi IX.Darsning rejasi: 1. Bayon matni bilan tanishtirish.
2. Bayon mazmuni bo’yicha suhbat.
Bayon matni 2-3 marotaba o’qib eshittiriladi. O’quvchilar bayonning mazmunini gapirib beradilar. Shundan so’ng birgalikda reja tuziladi va bayon yoziladi. Quyida bayon yozish uchun matn tavsiya etiladi. Keyingi darsda uning tahlili o’tkaziladi.
RIVOYAT
No’shiravoni Odil bir kuni mulozimlari va xizmatchilari bilan ovga chiqibdi. Bir qishloqning chetidan o’tib ketayotib to’qsonlarga borib qolgan, yong'oq ekayotgan bircholga ko’zi tushibdi. U hayron bo’libdi, chunki yong'oq juda kech mevaga kiradi-ku. Choldan so’rabdi:
- Ota, ekayotganingiz yong'oq daraxti bo’lsa kerak?
- Ha, shahanshoh, ekayotganim yong'oq daraxti.
- U mevaga kirgunicha yasharmikansiz, buni bilasizmi?
- Yo’q, bilmayman, a'lo hazrat.
- Unda nega ovora bolayotibsiz?
- Ajdodlar ekkanini biz yedik-, biz ekkandan avlodlar bahramand bo’lar, degan umiddaman.
No’shiravoni Odil qariyaning javobidan mamnun bo’libdi va uni ming dirham aqcha bilan mukofotlabdi. Chol podshohga minnatdorchilik bildiribdi va shunday debdi:
- Xudoga shukur, ekkan niholimizning mevasiga muhlatidan avval yetishdik.
Nushiravoni Odil taajjublanibdi va so’rabdi:
- Qanaqasiga yetishdingiz, qani o’sha meva?
- Mana! - debdi chol haligi podshoh in'om qilgan dirhamni ko’rsatib.
Lug'at: Dirham - 3,36 g. vazndagi kumush tanga, pul birligi.