Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Dars jihozi: nutq va jamiyatni aks ettiruvchi sxema.
VI. Dars turi:_________________________________________ VII. Dars usuli:_______________________________________ VIII.Darsning borishi: IX.Darsning rejasi 1. Nutq va gap.
2. Gapning o’ziga xos belgilari.
3. Gapning so’z va so’z birikmasidan farqi.
Darsda kitobda berilgan kirish topshiriqlari, qoidalar vositasida gap, gapning so’z va so’z birikmasidan farqi tushuntiriladi.”Ohang va fikr tugalligiga ega bo’lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi so’z va so’zlar qo’shilmasiga gap deyiladi.Masalan: Vohid o’rnidan turdi. Yozuvda gap oxiriga nuqta,so’roq yoki undov belgilaridan biri qo’yiladi va har bir gap bosh harf bilan yoziladi. Bunda darslikdagi 1-topshiriq qo’l keladi. Sinf taxtasiga quyidagicha yoziladi:
Gul - so’z.
gulzordan teraman - so’z birikmasi.
Gulzordan gul teraman - gap.
Misoldagi so’z va so’z birikmasida tugallanmagan, gapda esa tugallangan ohang bor. So’z va so’z birikmasi tugal fikr bildirmayapti, gapda esa tugal fikr bor. So’ng qoidadagi har bir fikr shoshilmay batafsil tushuntiriladi.
61 -mashqda berilgan so’zlar ishtirokida gap tuzish so’ralgan. Masalan: «Ma'naviyat-qalbim quyoshi» gapini tuzib, izohlash mumkin.
62 -63-mashqlar ham shartiga ko’ra bajariladi.
Ular so’z, so’z birikmasi, gapni bir-biridan farqlash, gap tuzish malakasini shakllantirish, nutq o’stirish maqsadlariga qaratilgan.
X. Lirik chekinish.(hikoya)
XI.MUSTAHKAMLASH:Savol-javob. 1.Gap deb nimaga aytiladi?
2.Gapning so’z va so’z birikmasidan farqi nimada?
3.Bitta so’zni gapga aylantiring.
Baholash:_______________________________________________________