Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori:Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a)salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
1-topshiriq. Ona, ota, aka singari so‘zlarning ingliz tilida qanday nomlanishini bilmoqchisiz. Bunday vaqtda qanday lug‘atdan foydalanasiz?
2-topshiriq. Bosh, qora so‘zlarining qanday ma'nolarni ifodalashi haqida qayerdan ma'lumot olishingiz mumkin.
Tildagi barcha so‘zlarning qanday ma'nolarni bildirishini tanishtiruvchi lug‘at izohli lug‘at hisoblanadi. Bir tildagi so‘z ikkinchi tilda qanday so‘zga teng kelishini ko‘rsatuvchi lug‘at tarjima lug‘ati sanaladi. So‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatuvchi lug‘atga imlo lug‘ati deyiladi. Lug‘at oldiga qo‘yilgan maqsadiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi; izohli lug‘at, tarjima lug‘ati, imlo lug‘ati va boshqalar. 559-mashq. «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» dan olingan quyidagi so‘zlarga e'tibor bering, ularning lug‘atga joylashtirilish tartibini belgilang. Maktab, maktub, malak, malaka, malay, malika, malla, malohat.