Aniqlovchi - hokim bo‘lakdan anglashilgan predmetning belgisini yoki uning kimga qarashli ekanligini bildiruvchi bo‘lak.
Atama- ilm-fan, texnika, san'atga oid bir ma'noli so‘z.
Buyruq gap - buyurish, da'vat qilish mazmunini bildiruvchi gap.
Darak gap - xabar, darak mazmunini bildiruvchi gap.
Dialog- ikki kishi o‘rtasidagi suhbat.
Ega - kesimga bog‘lanib, kim?, nima?, qayer? so‘roqlari-ga javob bo‘luvchi bosh bo‘lak.
Fonetika - nutqning tovush tizimini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Gap- ohang va fikr tugalligiga ega bo‘lib, kesimlik shakl-lari orqali ifodalanuvchi so‘z yoki so‘zlar qo‘shilmasi.
Graflka - yozma nutqning harflar tizimini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Harf - tovushning yozuvdagi ifodasi.
Hol - kesimga bog‘lanib, uning belgisini bildiruvchi bo‘lak.
Ibora - ma'nosi bir so‘zga teng keladigan ko‘chma ma'no-dagi so‘zlar qo‘shilmasi.
Istak gap - istak, xohish mazmunini bildiruvchi gap.
Juft so‘z - bir-biriga yaqin yoki zid ma'noii so‘zlarning o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘lgan so‘z.