Mavzuning o’rganilish darajasi va ilmiy yangiligi. So’zlar va ularning ishlatilishi yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlarida turli - tuman fikr mulohazalar bayon etilgan. O’zbek tilida so’zlarning nutq o’stirish jarayonida ishlatilishi va qo’llanishi borasida tadqiqot ishlari qilingan bo’lsada, biz uni yanada chuqurroq tadqiq etishga harakat qildik. Shu boisdan ham biz ushbu mavzuni tanladik va bilimimiz doirasida uni tahlil qilishga harakat qildik. Mavzuni tahlil qilish jaryonida Sh.Shoabduraxmonov, G’.Abduraxmonov, U.Tursunov, Sh.Rahmatullayev, M.Asqarova, A.G’ulomov, H.Ne’matov, N.Mahmudov, B.Mengliyev, O.Bozorov, M.Qurbonova, G’.Sayfullayeva, M. Abduraimova, M. A’lamova, Sh. Baqaxonova, X. Muxiddinova kabi tilshunos olimlarning ilmiy nazariy fikrlari va tadqiqotlariga tayandik.
Badiiy asar matnlarida gazeta va jurnaldagi maqolalarda va she’riyatda so’zlarning o’rinli qo’llanilganligi, ularning asar badiiyligini shakllantirishdagi o’rni hamda o’quvchilarning so’z qo’llash va so’zdan foydalanish mahoratlarini va nutq o’stirish qobiliyatini oshirish va ko’rsatish tahlil qilish ishning yangiligini belgilaydi.
Mavzuning metod va metodologik asoslari. Ishimizning metodologik asoslarini Prezidentimiz I.A.Karimovning adabiyot, falsafa, tarix va ta’lim –tarbiyaning yosh avlod taffakurini shakllantirishdagi ko’rsatmalari, fikr mulohazalari belgilaydi. Shuningdek, yuqorida ko’rsatib o’tilgan olimlarimizning ilmiy nazariy qarashlari ham asos qilib olindi.
Ishni tahlil qilish jaroyonida tarixiy – qiyosiy metoddan foydalandik.
Ishning amaliy ahamiyati.Badiiy asarlar, gazeta va jurnallardagi maqolalar, ilmiy maqolalar, o’quv adabiyotlari va qo’llanmalari hamda she’riyatda barcha (so’z turkumlari ishtirok etgan va aniq misollar bilan ko’rsatilgan) matnlar o’quvchilarning (kitobxonlarning) yosh pedagogik – psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlangan. Matnning tahlil jarayoni ham bevosita ana shunday xususiyatlarni nazarda tutgan holda olib boriladi. Ishni tahlil qilish va so’z turkumlarini, so’z gaplarni o’rganish va ulardan foydalanishni yanada yuqoriroq darajaga ko’tarish jarayonida biz bir qancha badiiy asarlar, maqolalar, she’rlar haqida fikr mulohazalar bildirdik. Bu esa o’quvchilarning nutq o’stirishini yanada yuqori pog’onada chiqarishga zamin yaratadi. Shunday ekan, ishdan va uning tahlil usullaridan umumta’lim maktablarining ona tili va boshlang’ich sinflari o’quvchilari o’qish, yozuv va ona tili darslarida mavzuni tahlil qilish jarayonlarida foydalanishi mumkin.