Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«SINTA
К
SIS. OHANG VA TINISH BELGILARI» BO‘LIMINI 
O‘QITISH METODI
К
ASI
 
Tayanch tushunchalar:
Sintaksis, so‘zlarning sintaktik munosabatga kirishish yo‘llari 
(moslashuv, boshqaruv, bitishuv), so‘z birikmalarida hokim so‘z va 
tobe so‘z, so‘z birikmasi va so‘z, ibora va gap, sodda gap, kesim va 
uning ifodalanishi, egali va egasiz gaplar, ifodalangan egali va 
yashiringan egali gaplar, egasiz gaplarning turlari; yoyiq gaplar (hol, 
uning ma’no turlari va ifodalanishi; to‘ldiruvchi va uning 
ifodalanishi; aniqlovchi); yoyiq atov va so‘z - gaplar; uyushiq 
bo‘laklar, ularning ohangi va tinish belgilari; gapda ajratilgan izoh 
bo‘laklar; gapda kiritmalar; gapda undalma; to‘liqsiz gap, nutqda 
teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar, 
ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar, 
yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar, nisbiy so‘zlar 
vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar, faqat ohang vositasida 
bog‘langan qo‘shma gaplar
 
«Sintaksis. Ohang va tinish belgilari» bo‘limining boshqa 
bo‘limlar bilan aloqadorligi.
Sintaksisning o‘rganish obyekti so‘z 
birikmasi va gapdir. Bu bo‘lim oldin o‘rganilgan bo‘limlar: fonetika, 
leksikologiya, so‘zlarning lug‘aviy shakllari va ma’noviy guruhlari, 
so‘zlarning aloqa-munosabat shakllari bilan uzviy bog‘langan. 
Chunonchi, gap bo‘laklari o‘rganilar ekan, so‘z turkumlaridan 
egallangan bilimlarga tayanishga to‘g‘ri keladi. 
«Sintaksis» bo‘limini o‘qitishda so‘zning moddiy va ma’noviy 
qirrasini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. 
Mazkur bo‘lim fonetika va morfologiya bo‘limlari bilan ham 
uzviy bog‘langan. Chunki «Sintaksis. Ohang va tinish belgilari» 
bo‘limini o‘qitishda tovushlarning so‘z ma’nosiga ta’siri, so‘zlarni 
imlo qoidalariga muvofiq to‘g‘ri yozish; so‘zning lug‘aviy ma’nolari, 
ma’nodosh, uyadosh, shakldosh so‘zlar, atamalar va shevaga oid 
so‘zlar, tasviriy ifoda va iboralar; so‘z turkumlari ustida ishlash 
davom ettiriladi. 


262
Sintaksisning ohang va tinish belgilari bilan aloqadorligi xususida 
gap bo‘lishi mumkin emas. Zero, ifodali o‘qish malakalari ham shu 
bo‘limni o‘qitishda maromiga etadi. 
Mazkur bo‘lim o‘quvchining gap ohangi xususidagi bilim, malaka 
va ko‘nikmalarini kengaytiradi. 
«Men keldim.», «Men keldim!», «Men 
keldim?»
tipidagi gaplarning uch xil ohang bilan o‘qilishi va uch xil 
ma’noga egaligi shu bo‘lim orqali o‘quvchi ongiga singdiriladi. 
Sintaksisni o‘rganish jarayonida o‘quvchining punktuatsion 
malakalari to‘la shakllanadi. U qaysi tinish belgidan qanday sharoitda 
foydalanish kerakligini shu bo‘lim orqali mukammal egallaydi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin