153
Fonetikani o‘rgatishda nasriy va she’riy asarlarni ifodali o‘qish
malakalarini shakllantirish yuzasidan tashkil etiladigan o‘yinlar ham
o‘quvchilarga juda katta qiziqish bag‘ishlaydi.
Bu malakalarni
shakllantirish va rivojlantirish maqsadida sinf o‘quvchilarini 2–3
guruhga ajratib, har bir guruhdan ifodali o‘qish malakalariga ega
bo‘lgan o‘quvchilar aniqlanadi. Qaysi guruhda shu malakalarga ega
o‘quvchilar miqdori ko‘p bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib sanaladi.
Fonetikani o‘rgatishda fonetik-stilistik
malakalar ustida ishlash
ham o‘quvchining nutqiy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
Bu malakalarni shakllantirishda so‘zdagi unli yoki undosh tovushni
cho‘zish va so‘zning ma’no nozikligini sharhlash, so‘z
oxiridagi
muayyan bir tovushni qoldirish yoki uni orttirish hamda bu so‘zning
ma’no nozikligini izohlashga oid o‘yinlardan foydalanish mumkin.
Masalan, o‘quvchilarga
oyijon va oyi-j-o-o-n, dada-a-a
va h.k. so‘zlar
ayttiriladi va bir-biriga taqqoslanadi.
Savol va topshiriqlar
1. «Muqaddima»bo‘limining asosiy mazmuni va mohiyatini
izohlab bering.
2. «Muqaddima» bo‘limini o‘rganishda o‘quvchilar duch
keladigan atamalar ustida qanday ishlar olib boriladi?
3. Maktabda «Fonetika» bo‘limini o‘qitishning maqsad va
vazifalarini ayting.
4. «Nutq tovushi va harf» mavzusini o‘quvchilarga o‘rgatishda
qanday ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish mumkin?
5. «Fonetika»ni o‘qitishda o‘quvchilarning so‘z
boyligi ustida
ishlash imkoniyatlari haqida gapiring.
6. Tovushdosh so‘zlar ustida ishlash bo‘yicha topshiriqlar tuzing.
7. Fonetikani o‘rganish jarayonida so‘zning ma’no nozikliklari
ustida ishlash o‘quvchilarning nutqini rivojlantirishga nima sababdan
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi?
8. Fonetikani o‘qitishda tilning tovush
tizimi ustida ishlash
o‘quvchilarning gap qurish va matn yaratish ko‘nikmalari ustida
154
ishlash bilan birgalikda olib borilsa, o‘qitishning
samaradorligi yuqori
bo‘lishini asoslab bering.
9. O‘zingiz «Fonetika» bo‘limini o‘rganish bo‘yicha o‘yin-
topshiriqlar tuzing.
Dostları ilə paylaş: