370
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a)salomlashish;
b)davomat; v)o‘quvchilar
diqqatini darsga jalb qilish(«Muzyorar» usuli asosida. Ya’ni bu
o‘rinda o‘qituvchi o‘quvchilarga qarata: Darsga hamma tayyormi deb
uch marta aytadi ).
II. O‘tilgan mavzuni so‘rash:
O‘quvchilarga mustaqil holda qo‘llanilmaydigan so‘zlar
ro‘yxatini davom ettirish topshiriladi. (Uyga vazifa mustaqil holda
qo‘llanilmaydigan so‘zlar ro‘yxatini tuzish edi).
III. Yangi mavzuning bayoni:
1-topshiriq:
Quyidagi matnni diqqat bilan o‘qib,
ostiga chizilgan
ko‘makchili birikmalarni kelishikli birikmalar bilan almashtirish
topshiriladi.
Men Gulasal bilan birinchi sinfda do‘stlashganman. U tez-tez
biznikiga kelib turadi. Biz nima xarid qilsak, ikki dona olar edik.
Yaqinda men u uchun rangli rasm qalam sotib oldim. Bu qalamlar
bilan biz rasm chizishni mashq qildik. Birinchi chizgan rasmlarimiz
uncha ham chiroyli chiqmadi. Mashq qilish natijasida
ko‘ngildagidek chiqa boshladi. Biz kelajakda ana shu nozik san’at
sirlarini o‘rganib, rassom bo‘lish orzusidamiz.
2-topshiriq:
Quyidagi gaplarda nuqtalar o‘rniga zarur kelishik
qo‘shimchasini qo‘yish va ularni ko‘makchilar bilan almashtirish.
1.
К
itobni akam... oldim. 2. Xatni qalam... yozdim. 3. Biz telefon...
gaplashdik.
3-topshiriq:
O‘quvchilarga «Adabiyot» darsligidan biror
parchani o‘qib, kelishikli birikmalarni ko‘makchili
birikmalar va
ko‘makchili birikmalarni kelishikli birikmalar bilan almashtirish
topshiriladi.
4-topshiriq:
«Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, yomon
bilan yursang qolarsan uyatga»
xalq
maqoliga yaqin mazmunli
maqollar toping.
Dostları ilə paylaş: