146
«Fonetika» garchand tilning tovush tizimi bilan ish ko‘rsa-da,
ammo o‘quvchilarning so‘z
boyligini oshirish, tez va to‘g‘ri o‘qish
malakalarini
takomillashtirish, fikrni ifodalashda
tovushlarning boy
imkoniyatlaridan
foydalanish, matn yaratishga o‘rgatish
diqqat
markazida bo‘lishi lozim. Bu quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
Tovushdosh so‘zlar ustida ishlash orqali.
Tovushdosh so‘zlar
bir-biridan atigi bitta
tovush bilan farqlanuvchi, turli xil ma’nolarga
ega bo‘lgan so‘zlardir. Har bir unli
va undosh tovushning talaffuzi,
imlo xususiyatlari o‘rganilgach, bolalar berilgan so‘zlarga tovushdosh
so‘zlar tanlashlari va ularning ma’nolarini izohlashlari mumkin.
Masalan,
ber
–
bur
–
bor
–
bo‘r; loy
–
moy
–
soy
–
toy
–
boy
–
voy
–
yoy
–
hoy va
h.k.
O‘quvchilar nutqini tovushdosh so‘zlar
bilan boyitishda, ayniqsa,
tovush juftlari ustida olib boriladigan ishlar yaxshi samara ko‘rsatadi.
Chunonchi,
u
–
o‘ (un
–
o‘n, ul
–
o‘l, o‘r
–
ur, uq
–
o‘q, bur
–
bo‘r, tur
–
to‘r,
sur
–
so‘r, qur
–
qo‘r, yul
–
yo‘l yuq
–
yo‘q, qul
–
qo‘l, yundi
–
yo‘ndi; va
h.k.) u
–
i (bur
–
bir, sur
–
sir, tur
–
tir va h.k.); u
–
o (bur
–
bor, tur
–
tor, qur
–
qor va h.k.); i
–
e (bir
–
ber, tir
–
ter, it
–
et va h.k.); p
–
b (pir
–
bir, pol
–
bol,
put
–
but va h.k.)
kabi so‘z juftlari ustida ishlash o‘ta foydalidir.
Dostları ilə paylaş: