145
«Unli va undosh tovushlar» mavzusini o‘rganishda o‘quvchi-
larning egallagan bilimlariga asoslangan holda quyidagi savollar
o‘rtaga tashlanadi:
1
. a, i, e, o, u, o‘
tovushlarining talaffuzi
b, v, g, d, z, k, l, m, n, p,
r,
s,
t, f, x
singari tovushlarning talaffuzidan nima bilan farq qiladi?
2. Qaysi tovushlar faqat ovozdan, qaysilari ovoz va shovqinning
ishtirokidan va qaysilari faqat shovqindan iborat?
Unli va undosh tovushlarni o‘rganishda asosiy e’tibor
o‘quvchilarning
imlo savodxonligini yaxshilash, ularning so‘z
boyligini oshirish, so‘z ma’nolarini farqlash, undan to‘g‘ri va o‘rinli
foydalanish malakalarini kengaytirish, talaffuz me’yorlarini
shakllantirish ustida ishlashga qaratiladi.
Unli tovushlar va ularning imlosi xususida o‘quvchilarda zaruriy
bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida matndan
a, i, o‘,
u, o, e
harflari ishtirok etgan so‘zlarni
ajratish, ularning talaffuz
xususiyatlarini sharhlash;
i
–
e, u
–
o‘, i
–
u, a
–
o
singari tovush juftlari
bilan farqlanuvchi so‘zlar topish va ularni izohlash; birinchi
bo‘g‘inida
u, o‘,
ikkinchi bo‘g‘inida u yoki i kelgan so‘zlar
talaffuzi,
imlosi va ma’nosi ustida ishlash (urush–urish, tushum–tushim kabi);
i
–
u
tovushlari (harflari) tushib qoladigan so‘zlar ro‘yxatini tuzish;
k,
g‘, h, x
tovushlari (harflari) va
k, g, y
tovushlari (harflari) bilan
yonma-yon kelgan
a, i, u
tovushlarining talaffuz xususiyatlari ustida
ishlash; matnda
o, e
tovushlari ishtirok etgan so‘zlarni
ajratish va
tovush hamda harf orasidagi munosabatlarni izohlash;
o
–
a
bilan
farqlanuvchi so‘z juftlari (
ana-ona, ata - ota
kabi) tanlash, ular
ishtirokida gaplar tuzish,
i, e
harfi bilan farqlanuvchi so‘z juftlari
tuzish (
ish
–
esh, bil
–
bel, tish
–
tesh
kabi), ular
ishtirokida gaplar tuzish
singari ishlar ko‘zlangan maqsadga erishishning eng samarali usulidir.
Dostları ilə paylaş: