NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI
BOSHQARMASI
MINGBULOQ TUMANI XTB GA QARASHLI BARKAMOL AVLOD BOLALAR MAKTABI
“BADIIY IJODIYOT” YO`NALISHI “JURNALISTIKA VA NOTIQLIK” TO’GARAGI RAHBARI BEGALIYEVA IQBOLOYNING
Mavzu: Tovushlarning to’gri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlar mazmuni.
Reja: 1.Bolalarni to’gri talaffuziga o’rganishning mazmuni va moxiyati.
2.Talaffuzga o’rganishning asosiy bosqichlari.
3.Bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish asosiy vazifalari.
4.Tovush xosil qilishda ishtirok etadigan turli organlarning axamiyati.
Bolalarni to’gri talaffuzga o’rgatishning mazmuni va moxiyati. Tarbiyachi u yoki bu tovush tarkibida turli nutq organlari: lablar, tishlar va til ishtirok etayotganini ko’rsatadi xamda tushuntirib beradi. Bolalarning tovushlari ifoda etishda nutq organlari holatini ko’rib olishlari ularning to’gri talaffuzini o’zlashtirib olishlarida yordam beradi. Bu boradagi ish tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ushbu yo’nalishdagi mashqlar ijobiy natijalarga olib keladi. Amaliyotda bu metodik usullar ko’pincha birgalikda qo’llaniladi va ular doimo bir birini to’ldiradilar.
“I” qattiq tovushining to’g’ri talaffuzini shakllantirish. Tarbiyachi tovush artikulyatsiyasini namoyish etadi va bolalarga tilning talaffuz chog’idagi xolatini ko’rishni taklif qiladi. So’ngra u tovushni bir necha bor talaffuz qiladi, keyin esa bolalar uni takrorlaydilar. Agar bolalar so’zlardagi tovushni to’gri talaffuz eta olsalar, yangi gaplarga va to’rt qatorli kichik-kichik she’rlarni yod olishga o’tish mumkin. Ravon nutqni rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan ( so’zlar, gaplar, matn qismlari o’rtasida ) foydalanish, turli toifadagi matnlar – tasvirlash, bayon qilish, muloxaza yurutish tuzilmasi xaqidagi tasavvurlarni shakllantirish qobiliyatini o’rgatish yotadi.
Tovush. Ayrim tarbiyachi pedagoglarda tovush tabiatdan beriladi (xudo bergan) deyishadi. Maxsus tovush yillar davomida o’zgarishi, aynishi mumkin, Shuning uchun doim mashq qilib uni rivojlantirib turish lozim bo’ladi.