Tovush apparati uch bo’limdan iborat: generator, energetik.
Tovushning xosil bo’lishi:
1.Tovush kuchi bilan bog’liq ( nutq apparati organlari bilan bog’liq)
2. Tovushning jarangdorligi (tovush jarangdorligi turli masofalarga yuborib baland
pastligini o’zgartirish).
3.Tovushning eziluvchanligi va xarakatchanligi (tovushni o’zgartira olishi, tovushning
baland-pastligi).
4.Diapazon-tovushning xajmi (chegarasi eng baland va eng past ton bilan borligidir).
5.Tembr-tovushning yaqinligi, yumshoqligi, silliqligi, xususiyligi. Tovush apparatining
charchashi, tovushda bo’lgan nuqsonlar va buzulishlar orqali yuzaga keladi.
Nutqning tovush madaniyatining tarbiyalashda inovatsion ifodalilik, temp, talaffuz va fikrni bayon qilishning ravonligi ustida ishlashga ko’proq axamiyat berish darkor, zero, ravon nutqning shakllanishi ushbu qo’llanmalarga asoslanadi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borligini eng oddiy anglashni
shakllantirish bilan o’zaro bog’liqdir. Maktabgacha yoshdagi kata bolalar so’zlar,
tovushlar, qofiyalar bilan faol o’ynaydilar. Ular so’z jaranglagandagi umumiy va aloxida
jixatlarni payqay oladilar, artikulyatsion va akustik jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan
tovushlarni (SSH, C-3) farqlay oladilar, maqol, metal va tez aytishlardan 4-5 ta so’zda
uchragan tovushlarni sezadilar.
Talaffuzga o’rgatishning asosiy bosqichlari.
Talaffuzga o’rgatish 3-bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich. Ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirish - bu qattiq va yumshoq, jarangli
undoshlar talaffuzi ustida ishlashni ko’zda tutadi.
B-lab portlovchi jarangli undosh tovush. So’zning oxirida, boshida va o’rtasida keladi.
B…, ..B.., …B, B-V kabi aytiladi, arova-arava, kabob-kabob P-lab portlovchi jarangsiz
undosh tovush. P…, …P…, ….P, B VA F undosh tovushlari o’rnida talaffuz qilinadi,
fabrika-pabrika, kelib-kelip.
2-bosqich. Ayrim so’zlar talaffuzini shakllantirish - bu leksikani to’gri talaffuz qilish,
urg’u berish, so’zda urg’u bog’inini ajratishdan iborat;
Leksika jihatdan: “Ko’klam keldi” biri faslning nomini, ikkinchi xarakatni anglatadi.
Urg’u so’zining oxirgi bo’ginida tushadi: Tikuvchi, tikuvchi.
3-bosqich. Namunaviy gaplar talaffuzini shakllantirish - bu o’zgacha gap oxanglari
ustida maxsus ishlashni qog’ozda tutadi. Chumchuq – kichkina qushcha.
Dostları ilə paylaş: |