11. U ellik yoshlarni qoralab qolgan, yuzlarida bitta ham ajini yo„q, ko„hlik ayol edi. Ushbu gap haqida to‘g‘ri hukmni toping. A) Faqat boshqaruv usulida birikkan so‘z birikmlari qatnashgan. B) 4 ta so‘z kesimga bevosita tobelangan. C) Ham hokim, ham tobe qism vazifasini ajargan so‘z qatnashmagan. D) Gapda moslashuv, boshqaruv va bitishuv usulida bog‘langan so‘z birikmlari bor. 12. Sen qachon o‟ninchi sinfni bitirsang, o‟shanda soat olib beraman. A) Hol ergash gapli B) Aniqlovchi ergash gapli C) To‘ldiruvchi ergash gapli D) Ega ergash gapli 13. Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma” g‘azali haqida to‘g‘ri hukmni toping. A) G'azal an'anaviy yetti baytdan iborat. U aruzning nisbatan murakkab turlaridan biri bo'lmish hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf (yoki maqsur), ya'ni maf'uvlu - mafoiylu - mafoiylu - faulun (yoki mafoiyl) vaznida bitilgan. B) Matla' nihoyatda go'zal, Lutfiyga xos lutf bilan qog'ozga tushgan: har lahza soching oyog'ing ostiga tushadi, shuning uchun, maqolda aytilganidek, «Chirog' tubi - qorong'u». C) G'azal oshiq qalbning yetuklik va kamolot timsoli bo'lmish komil insonga jo'shqin muhabbati ifodalangan mashhur she'rlardan biri hisoblanadi. D) G'azal hazaji musaddasi mahzuf (yoki maqsur), ya'ni «mafoiylun - mafoiylun - faulun (yoki mafoiyl)» vaznida yozilgan. 14. Charchamang, ko‟zlarim, boqay to‟yguncha, Bu zavq daryosidan shimir, ey ko‟ngil. Ushbu parchada qatnashgan fe‘llar haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? A) 1 o‘rinda ravishdosh shaklidagi o‘timsiz fe‘l qatnashgan B) Bitishuv usulida tobelangan fe‘l mavjud C) Boshqaruv usulida tobelangan fe‘l mavjud D) Buyruq-istak maylidagi sof fe‘llar qatnshgan