O’Z-O’ZINI SINASH UCHUH SAVOLLAR 1. Optik truba qanday qismlardan tashkil topgan?
2. Linzalarda tasvir yasang va ularda nurning sinishini tushuntiring.
3. Optik kattalashtirsh nima va u necha xil bo’ladi?
4. Optik trubalar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
4 - laboratoriya ishi
MIKROSKOPNING KATTALASHTIRISHINI VA KRISTALLARNING O’SISH TEZLIGINI ANIQLASH [15. 329-33, 498-528, 20. 392-399]
Ishning maqsadi: talabalarni mikroskopning kattalashtirishi va kristallarning o’sish tezligini aniqlash usullari bilan tanishtirish.
ISH TO’G’RISIDA NAZARIY TUSHUNCHA
Mexanik moslamalar yordamida ma’lum vaziyatda o’rnatilgan ko’zgular, linzalar, prizmalar va boshqalardan tashkil topgan sistemalar optik asboblar hisoblanadi. Odatda, optik asboblardan nurni boshqarish orqali turli buyumlar tasvirini hosil qilishda foydalaniladi.Amaliy optikaning u yoki bu masalalarini hal qilish uchun qo’llaniladigan juda ko’p sonli turli xil asboblar mavjud. Juda mayda buyumlarni ko’rish uchun lupa yordami bilan erishib bo’lmaydigan kuchli kattalashtirishlar kerak. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ancha murakkab bo’lgan optik asboblardan foydalaniladi. Bunday asbob vazifasini mikroskop bajaradi. Mikroskop tuzilishining sxemasi 11-rasmda tasvirlangan.
11-rasm
Chizmada L1 qisqa fokusli linza - ob’ektiv, ikkinchi L2 qisqa fokusli linza esa okulyar vazifasini o’taydi. AB buyum ob’ektivning old tomoniga, uning old fokus masofasidan bir oz nariga joylashtiriladi, buning natijasida ob’ektiv buyumning haqiqiy, kuchli kattalashtirilgan A1B1 tasvirini beradi, ob’ektiv beradigan kattalashtirish quyidagicha aniqlanadi:
(4.1)
bu yerda, F1-ob’ektivning old fokus masofasi, Δ–ob’ektivdan tasvirgacha bo’lgan masofa, (1) formuladan
A1B1 = AB (4.2)
L2 okulyar lupa vazifasini o’tab, kattalashgan A2B2 mavxum tasvirni beradi. L2 okulyar kattalashtirishini Kok deb belgilasak:
(4.3)
bu yerda F2 okulyarning old fokus masofasidir.
(3) formuladan
A2B2 = A1B1 (4.4)
Yuqoridagi (4.2) va (4.3) formulalardan mikroskopning kattalashtirishi K uchun quyidagi ifodaga ega bo’lamiz:
(4.5)
Shunday qilib, mikroskop trubasining uzunligi qancha katta, ob’ektiv va okulyarning fokus masofasi qancha kichik bo’lsa, mikroskopning kattalashtirishi shuncha katta bo’ladi. Mikroskopdan foydalanib, oddiy molekulyar kristallarining o’sish tezligini aniqlash mumkin.
Kristall muxitning shisha yoki suvga o’xshagan muxitdan asosiy farqi, ularning nurni ikkiga ajratib sindirishidir. Bu hodisa o’zaro perpendikulyar tekislikda qutblangan ikki yorug’lik to’lqinining kristallda tarqalish tezligi farqqilgani tufayli yuz beradi. Yorug’likning kristallarda turli yo’nalishlarda turlicha tezlik bilan tarqalishi, ya’ni kristall muxitning optik anizotropiyasi ham mana shu hodisaga bog’liq. Odatda, muhit biror xossasiga nisbatan anizotrop bo’lsa, u boshqa ba’zi fizik xossalari jihatidan ham anizotrop bo’ladi, biroq shunday hollar ham bo’ladiki, muxit bir turkumdagi hodisalarga nisbatan izotrop bo’lgani holda boshqa hodisalarga nisbatan anizotrop ham bo’lishi mumkin. Masalan, osh tuzi, optik xossalari jihatidan izotrop bo’lib, uning qirrasi va diagonali bo’yicha mexanik xossalari turlicha bo’ladi. Kristallda biror yo’nalishda yorug’lik tarqalishini hamda tegishli ( yoki ) vektorlar tebranishining yo’nalishlarini xarakterlovchi ikki tezlikni ( yoki ) oddiy qoidalar yordamida topish mumkin. Bu qoidalarni, shuningdek yorug’likning kristallarda tarqalishi to’g’risidagi masalaning butun yechimini birinchi bo’lib Frenel ko’rsatib bergan. Kristallarda yoki tezlikni topish uchun Frenel ellipsoidi deb ataladigan yordamchi sirtdan foydalanamiz. Frenel ellipsoidi
(4.6)
tenglama bilan ifodalanadi. Bu yerda, x, y, z – dielektrik singdiruvchanlikning koordinata bosh yo’nalishlaridagi qiymatlari bo’lib, ellipsoid tenglamasi bosh o’qlarga nisbatan yozilgan.
Frenel ellipsoidi kristalldagi har qanday yo’nalishda vanur tezliklarni quyidagi chizma yordamida aniqlashga imkon beradi (12-rasm).
12-rasm. va ni Frenel ellipsoidi yordamida topish
Aniqlanishicha, kvarts yoki island shpatiga o’xshagan kristallarda nurning ikkiga ajralib sinishi yuz bermaydigan yo’nalishlar ikkita bo’ladi va shuning uchun ular ikki o’qli kristallar deyiladi.
Kristall bir o’qli bo’lgan holda optik o’qlar orasidagi burchak nolga aylanadi, ustma-ust tushgan ikki o’q shunday bir yo’nalishni aniqlaydiki, bu yo’nalish bo’ylab kristallda faqat bir tezlik bilan to’lqin tarqaladi. Shuning uchun bir o’qli kristallarda to’lqin sirtining shakli ikki o’qli kristallardagiga nisbatan ancha oddiy bo’lib, birbiriga urinuvchi ikki sirtdan iborat bo’ladi. Bu ishda kristallarning o’sish tezligi mm/s larda k =Δl/Δt ifodadan aniqlanadi. Bu yerda Δl – kristallning o’sishi, Δt – vaqt.