O'qitishning



Yüklə 56,1 Kb.
səhifə8/9
tarix19.04.2023
ölçüsü56,1 Kb.
#125595
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6 (2)

Ko'rsatiladigan tajribaga qo'yiladigan talablar.
Yaqqol ko'rinh. Tajrihalarning sinfdagi o'quvchilarga yaqqol ko'rinishi uchun reaksiya olib boriladigan idishlarning hajmi kat - taroq bo'lishi, rea ktiv va eritmala rning miqdoridan ko'proq olini­ shi va kattaroq qurilmala rdan foydalanish talab etiladi. Probirkada olib boriladiga n tajribalar faqat uchinchi qator stolida o'tirgan o'quvchilarga yaxshi ko'rinishi mum.kin, shuning uchun tajriba­ ni to'liq ko'rsatish maqsadida o'lchov silindrlarida n yoki katta hajmdagi probirkalarda n foydalaniladi. Tajriba o'tkazilayotgan stoldan o'quvchilarning diqqatini o'ziga tortadigan boshqa narsa­ lar olib qo'yiladi
Tajribalar yaqqol ko'rinishini kuchaytirish uchun Petri idi­ shida olib borilayotgan tajribani kodoskop orqali ekranga tushi­ rib, namoyish qilish kerak. Masalan, nat riyning suvga ta'sirini ko'rsatishda nat riy bo'lagi katta olinsa tajriba xavfli bo'ladi, juda kichik ho'lagi oliusa yomon ko'rinadi. Shuning uchun bu tajribani kichik bo'lakli natriy yordamida bajarib, kodoskop yoki videoglaz, kompyuter orqali ekranga tushirib ko'rsatiladi.
Oddiylik. Ma 'lumki, kimyoning tekshirish obyekti asbob emas, balki unda sodir bo'ladigan jarayon hisobla nadi. Shun.ing uchun asbob yoki qurilma murakkah bo'lmasa, tajribani tushun­ tirish oson bo'ladi. Tajribalarni namoyish qilishda maishiy xizmat idishlaridan foydalanish mumkin emas. Ular ko'pincha kimyoviy tajriha o'tkazishda xavf tug'diradi. O'quvchilar qiziqarli tajribalar­ ni, masalan, alanga chiqishi, portlash, rang o'zgarishi bilan bo­ radigan tajribalarni diqqat bilan kuzatadilar, jarayonning mo­ hiyatini bilishga intiladila r. Shuning uchun bunday tajrihalardan o'qitishning dastlabki vaqtlarida foydalanish o'quvchila ming kimyo faniga bo'Jgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Tajriba xavfsizligi. O'qituvchi dars vaqtida o'quvchilar xavf­ sizligi uchuu to'liq javob beradi. Shuning uchuu u kimyo xonasi-
55
da ishlashdagi xavfsizlik texnikasi qonun-qoidalariga amal qilishi va uni bilishi shart. Kimyo xonasida o't o'chirish vositalari, mo'rili shkaf, birinchi yordam ko'rsatish vositalarining bo'lishi va ulami ishlata bilish talab etiladi. Tajriba olib boriladigan idishlar hamma vaqt toza bo'lishi kerak. Tajribada ishlatadigan reaktivlar oldindan tekshirib ko'riladi. Portlash bilan boradigan tajribalami o'tka­ zishda ko'rinuvchan himoya to'sig'i ishlatiladi. Tajriba o'tkazishdan avval gazlaming tozaligi sinab ko'riladi. Agar tajriba portlash bilan boradigan bo'lsa, bu haqda o'quvchilar avvaldan ogohlantiriladi. Laboratoriya darslarida shaxsiy xavfsizlik vositalari (himoya ko'zoynaklari, xalat, rezina qo'lqoplar, protivogaz)dan foydala­ niladi. Sochni o'rab olgan holda tajriba o'tkaziladi.
Is•onchlilik. O'tkazilgan tajribaning samarali chiqishiga eri­ shish lozim. Aks holda o'qituvchilarda ishonchsizlik paydo bo'ladi. Laboratoriya darsida tajribalami o'tkazish texnikasi, tajriba vaqti, tajribaning optimal sharoitini belgilash, qo'shiladigan reaktiv va eritmalaming miqdorini, tajriba o'tkazish joyini aniqlash uchun tajribani darsgacha o'qituvchi o'tkazib ko'rishi kerak. Agar tajriba chiqmay qolsa, qayta ko'rsatiladi.
Tajriba (eksperiment)ni tushuatirish zaruligi. Agar tajriba mohiyati tushuntirib o'tkazilsa, uni bilib olish qiymati yuqori bo'ladi. O'tkaziladigan tajribalar soni kam bo'lsa ham, u o'quvchi­ larga tushunarli bo'lishi kerak. Unga qo'yiladigan asosiy talablar­ dan biri tajribani o'tkazish texnikasiga katta e'tibor berish zarur­ ligidir. O'qituvchi tajribani bajarish texnikasidagi yo'l qo'ygan kichik xato o'quvchila r tomonidan ko'p marta qaytarilishi mum­ kin.
Yuqorida aytib o'tilgan talablar asosida ko'rsatiladigan tajriba­ larni o'tkazish uchun quyidagi metod taklif qilinadi.
1. Tajribani o'tkazish maqsad va vazifasini o'quvchilar to'liq tushinishlari hamda anglashlari, uning natijalarini bilishlari kerak.

  1. Tajriba o'tkaziladigan asbobning tavsifi, tajriba o'tkazish sharoiti, kerakli reaktivlar va ularning xossalari tushuntiriladi.

  2. O'quvchilarning tajribani kuzatishlari tashkil qilinadi. Kuza­ tish davomida reaksiyaning tashqi belgilari aytib o'tiladi.

  3. O'tkazilgan tajriba natijasiga xulosa chiqariladi va nazariy asoslanadi.

56
K.irnyoviy tajribani o'tkazishda o'quv jarayoni.ning uch vazifa­ sidan foydalaniJadi: ta'lim, tarbiya va rivoj]antirish. Bunda, ya'ni ta'- lim jarayonida o'quvchilar k.imyoviy hodisaJaming amalga oshishi, ahamiyati to'g'risida axborot oladilar. Moddalarning fizik-k.imyoviy xossalari va k.imyo funining usullarini o'rganadilar.
Tajribaning tarbiyaviy funksiyasi shundan iboratki, bunda o'quvchilar dunyoni bilish mumkinligini anglaydilar. Unda ro'y berayotgan voqea-hodisalarni tushunib yetadilar.
Tajribani rivojlantiruvchi funksiyasi esa o'quvchilarda kuza­ tuvchanlik hissiyotini oshiradi. Kuzatilgan hodisalarni tahlil qilish ko'nikmasini shakJlantiradi. Xulosa chiqarish va umumlashtirishni o'rgatadi. Tajribani tushuntirish orqali olib borishni 4 ta muhim jihati mavjud:
1. O'quvchilar tajribani kuzatish bilan bir vaqtda o'qituv­ chining tushuntirishini ham tinglaydilar. Bunday izchillik o'quv­ chiJaming bilim olishlari samaradorligini oshiradi.

  1. O'qituvchining so'zlab berishi kuzatishlami to'ldiradi.

  2. Illyustratsiya vazifasini bajaruvchi tajriba o'qituvchining so'zi bilan to'liq tushunarli bo'ladi.

  3. Avval so'zlab berish orqali tajriba tafsilotlari tushuntiriladi, hodisalaming mohiyati oydinJashtiriladi So'ngra tajriba o'tkaziladi. O'qituvchi tajriba natijasini oldindan aytmasligi kerak. AvvaJ tajri­ ba o'tkaziladi, so'ngra uning natijasi muhokama qilinadi. Eksperi­ mentdan foydalanishning birinchi va ikkinchi yo'llari muammoli o'qitishda qo'llaniladi, ikkinchi yo'l o'quvchilaming fikrlash fao­ liyatini rivojlantirishga sharoit yaratadi.





    1. Yüklə 56,1 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin