Namuna: Ijobiy fazilatlar Salbiy odatlar
mehribon — juda mehribon xasis — o‘ta xasis
Farosatli, dangasa, yolg‘onchi, xushmuomala, loqayd, ti- rishqoq, maqtanchoq, mehnatsevar, qo‘rqoq, rostgo‘y.
Bilib oling!
ser-, no-, be-, ba- qcbshimchalari asosdan oldin qo‘shilib keladi. Ular ko‘pincha -li, -siz, -dor qo‘- shimchalariga ma’nodosh va zid ma’nolarni ifodalab keladi
Ma’nodosh
|
Zid ma’noli
|
berahm — rahmsiz
|
xabardor — bexabar
|
gulli — guldor
|
odobli — beodob
|
mashq. Berilgansifatlarniqo‘shimchalarningqo‘shilisho‘rnigako‘ra 2 guruhgaajratibyozing.
Serunum, xushmuomala, bemaza, sergap, ma’noli, mevali, baquvvat, shirali, basavlat, xushmanzara, tartibsiz, serharakat, bexabar, noqulay, suvsiz, serhosil, noto‘g‘ri, noma’lum, xush- xabar, xushovoz, beg‘ubor, badavlat, sersuv, xabardor, quv- vatsiz.
mashq. Berilgan so‘zlarni tub va yasama sifatlarga ajrating. So‘ngra ularning zid ma’nolisini topib, namunadagidek juftlab yozing.
Namuna: 1. Tub sifatlar: yaxshi-yomon, ... .
2. Yasama sifatlar: ma’noli-ma’nosiz, ... .
Aqlli, yoqimli, odobli, shirin, yengil, kuchli, yaxshi, oq, katta, erta, yosh, baland, yolg‘onchi, novcha, maqtanchoq, mehnatkash, yangi, uzun, semiz, egri, mazali, yumshoq, oz, mayda, issiq, do‘st, saxiy.
topshiriq. Matnlarni o‘qing va munosabatingizni bildiring.
Yo‘lda opa-uka — Lola va Anvar borishardi. Ulardan oldinda esa bir kampir borardi. Kampir yo‘lda karmonchasini tushirib qo‘ydi. Anvar buni ko‘rib qoldi va engashib karmonni oldi-da, kampirga olib bordi:
— Buvi, karmonchangizni oling, — dedi.
Kampir karmonni olib cho‘ntagiga soldi va yo‘lida davom etdi. Anvar orqasiga qaytib opasiga: „Nega u rahmat demadi?“ — dedi.
O‘ylab ko‘ring-chi, nima uchun kampir Anvarga rahmat demadi?
Saxiy bir podshoh bor edi. Uning bir quli bor bo‘lib, u podshohga sidqidildan xizmat qilar edi. Bir kuni podshoh bazmberibdi. Ovqat tortish vaqtida xizmatchi toshga qoqilib ketibdi va issiq ovqatni podshohning boshiga to‘kib yuboribdi. Odamlar: „Podshoh endi uni o‘ldiradi. U og‘ir gunoh qildi“, deb o‘y- lashibdi.
Podshoh esa shunday ish tutibdi:
Siznigcha, podshoh qanday yo‘l tutgan?
Siz nima qilgan bo‘lar edingiz?
topshiriq. She’rni ifodali o‘qing va mazmunini so‘zlab bering
O‘quvchilarni baholash:
Uyga vazifa. She’rni yod oling.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: ____________________________________
Sana: _________________ Sinf: 7
MAVZU: INSONIY FAZILATLAR.
(Sifatlarning yasalishi. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi va imlosi).
Grammatika: O‘quvchilarni Sifatlarning yasalishi. Sifat yasovchi qo‘shimchalarningqo‘llanishi va imlosi bilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.
Dars maqsadi: O‘quvchilarga bilim berish, INSONIY FAZILATLAR mavzusi haqida tushuncha berish, Sifatlarning yasalishi. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi va imlosi tushuntirish.
a) ta’limiy: O‘quvchilargaSifatlarning yasalishi. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi va imlosibilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.
b) tarbiyaviy: O‘quvchilarni INSONIY FAZILATLAR mavzusibilan tanishtirish.
s) rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, bilim darajasini kengaytirish
Tayanch kompetensiya: Shakllantiruvchi kompetensiya;kommunikativ kompetensiyasi. Milliy va umummadaniy kompetensiya. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyas
Fanga oid kompetensiya: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)
Dars turi: An’anaviy
Dars jihozi: Darslik kitob, tarqatma material.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, savol-javob, ko‘rgazmalilik, “Aqliy hujum” metodi, “Klaster” metodi, “BBB” usuli, “Men jurnalist” usuli
Dars rejasi: 1. Salomlashish va davomatni aniqlash .3 daqiqa
2. uyga vazifa so‘rash 7 daqiqa
3. Yangi mavzu bayoni 10 daqiqa
4. Grammatik qoida bilan tanishtirish. 5 daqiqa
5. . Mustahkamlash: 15 daqiqa
6. Darsni yakunlash, o‘quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa 5 daqiqa
Yangi mavzu bayoni:
topshiriq. Suhbat matnini o‘qing.
Durdona, kecha menga dadam „Donolar bisotidan“ kito- bini olib keldilar. Menga bu kitob juda yoqdi.
Kitobda maqollar berilgan bo‘lsa kerak?
Bu kitobda maqollardan tashqari, donolarning fikrlari, buyuk allomalar hayotidan ibratli hikoyalar ham bor ekan. In- sho yozishda shu fikrlardan foydalansa bo‘ladi.
Maktabimizda Alisher Navoiyning tavallud kuniga ba-g‘ishlab o‘tkaziladigan mushoirada shu kitobingdan foydalansa bo‘ladimi?
— Yaxshi eslatding, men ertaga kitobimni olib kelaman. Hammamiz birgalikda ko‘rib chiqamiz.
Bilib oling!
-ma, -choq, -q, -iq, -qoq, -gir, -kir qo‘shimchalari
fe’ldan sifat yasaydi. Masalan: qaynatma, tortinchoq, qay- noq, siniq, urishqoq, sezgir, o‘tkir.
mashq. Avvalotdanyasalgan, so‘ngrafe’ldanyasalgansifatlarniko‘chiribyozing, sifatyasovchiqo‘shimchalarniko‘rsating.
Aqlli, dongdor, chiroyli, mazali, sezgir, mazmunli, qo- choq, talabchan, gulsiz, ishchan, qo‘rqoq, yaltiroq, saxovatli.
mashq. Nuqtalaro‘rnigaasosgamossifatyasovchiqo‘- shimchalarniqo‘shibgaplarniko‘chiring.
Odob... bola elga manzur. 2. Reja... ish samara... bo‘ladi.
Do‘st... boshim, tuz... oshim. 4. Anvar juda harakat..., tirish... bola. 5. Maktabga gul... kiyimlar kiyib borilmaydi. 6. Yo‘lning ikki tomoniga meva... va manzara... daraxtlar ekilgan. 7. Gazetalarda foyda... maslahatlar berib boriladi. 8. Usti yaltiro..., ichi qaltiro....
topshiriq. Berilgan birikmalardan foydalanib, savollarga javob bering.
1. Qanday inson xalq orasida obro‘ga ega bo‘ladi?
yolg‘on gapirmaydigan;
kamtar bo‘lgan;
bergan va’dasining ustidan chiqadigan;
qo‘pol va manman bo‘lmagan.
2. Yaxshi o‘quvchi qanday bo‘ladi?
kattalarni hurmat qiladigan;
bilim olishga qiziqadigan;
topshiriqlarni vaqtida bajaradigan;
o‘rtoqlariga yordam beradigan.
Siz bular qatoriga yana nimalarni qo‘shgan bo‘lar edingiz? Adabiy o‘qish
Shirin qanday qiz?
O‘quvchilarni baholash:
Uyga vazifa. Shirin to‘g‘ri ish qildimi? Siz uning o‘rnida bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lardingiz? O‘z munosaba- tingizni bildiring
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: ____________________________________
Sana: _________________ Sinf: 7
NAZORAT ISHI. TEST.
Dars maqsadi: O‘quvchilarning bilimini nazorat qilish
a ) ta’limiy: O‘quvchilarga testni yozish qoidalari bilan tanishtirish.
b ) rivojlantiruvchi:O‘quvchilarning yozma nutqini o‘stirish,
Tayanch kompetensiya;Shakllantiruvchi kompetensiya: Shaxs sifatida o‘z – o‘zini rivojlantirish kompetensiya
Fanga oid kompetensiya: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, yozish) kompetensiyalar
Dars turi: Test.
Dars jihozi: Test.
Dostları ilə paylaş: |