Rustam: Shuni o‘ylab turibman, nima olsam ekan? O‘zing-chi?
Anvar:Men onam uchun „Mohir qo‘llar“ to‘garagida naqshli quticha yasadim.
Rustam: Men ham onamning suratlarini chizsammi- kan-a?! Agar o‘xshata olmasam-chi?
Anvar: ... .
Bilib oling!
Fe’l bo‘lmagan so‘zga fe’llarning qo‘shilishidan yasalgan qo‘shma fe’llar doimo ajratib yoziladi. Ma- salan: dam olmoq, harakat qilmoq. mashq. Birinchi qatorda berilgan so‘zlarga ikkinchi qatordagi fe’llardan mosini qo‘shib qo‘shma fe’llar hosil qiling.
Bermoq, qurmoq, chekmoq, olmoq, qilmoq, etmoq, qaytarmoq. mashq. Gaplardagi fe’llarni tuzilishiga ko‘ra tahlil qiling.
Nabirasining erishgan yutug‘i buvisining ko‘nglini ravshan qildi. 2. Mushtariy gulni onasiga sovg‘a qildi. 3. Onamga kelgusi rejalarim haqida gapirdim. 4. O‘quvchilar o‘z onalarini bayram kechasiga taklif etishdi. 5. U onasiga yaxshi o‘qishga va’da berdi. 6. Biz yaqinda oila a’zolarimiz bilan Samarqandga bordik. 7. Ona bolalarini quvonib qarshi oldi
Ona — Quyosh, uning mehri hech qachon sovimaydi.
Ona bilan olam munavvar.
Onaning dili og‘risa, yer ham titraydi.
Bahorga ham, tongga ham onalar go‘zallik ulashganlar.
Saxiylik bobida, hatto quyosh ham onalar oldida xijolatda qoladi.
Adabiy o‘qish
Farzand uchun ona bag‘ridan yaxshiroq, yoqimli va se- vimliroq joy yo‘q.