7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz
Yangi mavzu bayoni:
mashq. Matnni o‘qing va unga munosabat bildiring. Ajratib ko‘rsatilgan fe’llarga e’tibor bering.
Saida darslari tugab, uyga vaqtliroq qaytdi. U yo‘l-yo‘lakay onasiga gul sotib oldi. Saida uyga kelganida uyda hech kim yo‘q edi. U darrov kiyimlarini almashtirdi va tezgina ovqatlandi. Avval uy ichini yig‘ishtirdi, so‘ng hovlini suv sepib supurdi. Onasi ishdan kelib qizidan xursand bo‘ldi. „Dastyor qiz bo‘lib qolibsan-ku, qizim, — deya maqtadi. — Shu ishlarni har kuni erinmay qilib tursang, hamma seni hurmat qiladi“Ayting-chi, Saidaning oyisi nima uchun bu gapni aytdi? Siz onajonlar bayramiga qanday sovg‘a tayyorladingiz? topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing va davom ettiring.